39
2
Multimediadan maqsadli foydalanish
1.2-mashg‘ulot
Yoqtirgan narsalaringiz haqidagi taqdimot yaratish uchun reja tuzmoqchisiz.
Taqdimotingizga kiritish uchun yoqtirgan narsalaringizdan uchtasini tanlashingiz kerak.
Bu
yoqtirgan taomingiz, rangingiz, sevimli hayvoningiz yoki har qanday siz yoqtirgan narsa
boʻlishi mumkin.
Loyiha xususiyati
namunasidan foydalanib, taqdimotingiz uchun reja tuzing. Bu vaziyatda
siz faqatgina kontent,
slayd raqami, slayd mavzusi, shrift formati va havolalar boʻlimini
kiritishingiz kerak.
Loyiha xususiyatingizni “Design_Favourite_Things_v1.docx” nomi bilan saqlang.
1.3-mashg‘ulot
Rejangizni partadoshingizga koʻrsating va undan quyidagilar aniq aks etganini soʻrang:
•
siz kiritmoqchi boʻlgan kontent;
•
kontentni slaydning qayeriga joylashtirish;
•
foydalaniladigan shriftlar;
•
taqdimot slaydlari orasida havolalar.
1.4-masg‘ulot
Loyiha
xususiyatingizdan foydalanib, sevimli narsalaringiz haqida taqdimotingiz uchun
slaydlar yarating. Ayni paytda har bir slaydga faqat kontent va havolalarni qoʻshish kerak
boʻladi.
Taqdimotni “My_Favourite_Things_v1.pptx“ deb saqlang.
1.5-masg‘ulot
Taqdimotga oʻzingiz va eng yaqin doʻstingizning fotosuratini qoʻshmoqchisiz.
Sherigingizdan raqamli kamera yoki mobil telefon orqali siz va eng yaqin doʻstingizni
suratga olishni soʻrang.