99
4
Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
Boshlashingizdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
•
ma’lumotlar bazasi nima ekanligini va nima uchun u ma’lumotlarni
saqlash uchun ishlatilishini;
•
ma’lumotlar bazasini boshqarishni;
•
ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritishni;
•
so‘rov yaratish uchun qidiruv mezonlarini
tanlash va ularni kiritishni;
Kirish
Ma’lumotlar bazalari ma’lumotlarni tizimli, tushunarli holda saqlash uchun ishlatiladi. Barcha
ma’lumotlarni bir joyda saqlash biror kerakli ma’lumotni tezda topish
uchun tadqiqotlar olib
borish imkoniyatini yaratadi.
Ma’lumotlar bazasi bir va bir necha
jadvall
ardan tashkil topgan bo‘ladi. Oddiy ma’lumotlar
bazasi odatda bitta jadvaldan tashkil topgan bo‘lib, u
oddiy matnli ma’lumotlar bazasi
(flat file
database) deb ham yuritiladi. Bu har doim ham eng qiziqarli
struktura hisoblanmaydi, lekin uni
yaratish va o‘rnatish oson hisoblanadi.
Ba’zi kundalik hayotingizda ko‘p murojaat qiladigan ma’lumotlar bazasi
tarqoq ma’lumotlar
bazasi
(distributed databases) deyiladi. Ayrim holatda ma’lumotlar
har doim ham bir joyda
saqlanmaydi. Ma’lumotlar turli xil kompyuterlarda saqlanishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz
biror narsani qidirayotganda, u saqlanishi mumkin bo‘lgan barcha joylarda qidiruv elementini
izlashi kerak.
Kalit so‘zlar
So‘rov:
ma’lum bir
maqsad uchun ma’lu-
motlarni ajratib olish.
Dostları ilə paylaş: