7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


Qodirov Muhsinjon. Qo’qon DPI. Tel : +99891 131 09 21



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə18/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#40268
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
7-jahon test 2017

Qodirov Muhsinjon. Qo’qon DPI. Tel : +99891 131 09 21
19-mavzu. SALIB YURISHLARI
1.Salib yurishlari – G‘àrbiy Yevropa feodallarining qayerdagi bosqinchilik va talonchilik urushlari edi?

A)Yaqin Sharqdagi * B) Uzoq sharqdagi C) O'rta Osiyodagi D) Yevropadagi

2. Salib yurishlari qaysi yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan?

A) 1096-1170-y.. B)1096–1270-y..* C) 1096-1204-yy. D) 1095-1261-yy..

3. Sharqdagi yerlarni egallash orqali nima o‘zining ta’sirini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan?

A) hokimiyat B) cherkov* C) davlat D) qirol

4. Sharqda qachon vujudga kelgan vaziyat salib yurishlari uchun qulay sharoit tug‘dirgan?

A) X asr oxirida B) XI asr boshida C) XI asr oxirida* D) XII asr boshida

5. Kichik Osiyo yarimoroli deyarli to‘liq kimlar qo‘lida edi?

A) mo’g’ullar B) arablar C) g’aznaviylar D) saljuqiy turklar*

6. Falastinning muqaddas joylariga, rivoyatlarga ko‘ra, kim dafn etilgan?

A) Muso payg’ambar B) Iso payg‘ambar* C) Dovud payg’ambar D) Yusuf payg’ambar

7. Quddus esa deyarli qachondan buyon musulmonlar qo‘lida edi?

A) 2 asrdan B) 3 asrdan C) 4 asrdan D) 5 asrdan*

8. Mahalliy hukmdorlar va aholining ziyoratchilarga munosabati yomon bo‘lmasada, qachondan boshlangan musulmon hukmdorlarining o‘zaro urushlari xristianlar ziyoratlarini tobora xavfli tadbirga aylantira borgan?

A) X asr oxiri B) XI asr boshi C) XI asr oxiri* D) XII asr boshi

9. Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uchun jangchilar yuborishini so‘rab, qayerga murojaat qiladi?

A) G‘arbga* B) Sharqqa C) Janubga D) Shimolga

10. Papa Urban II qachon nutq so’zlaydi?

A) 1093-yilda B) 1094-yilda C) 1095-yilda* D) 1096-yilda

11. Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida Urban II cherkov yig‘iniga to‘plangan qancha xalq vakillari huzurida nutq so‘zlaydi?

A)o’nlab B) yuzlab C) minglab* D) bir necha yuz

12. Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig‘iniga to‘plangan qanday xalq vakillari huzurida nutq so‘zlaydi?

1. ruhoniylar, 2. Hunarmandlar, 3.ritsarlar, 4.olimlar, 5. Oddiy xalq

A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,3,5*

13. Urban II Quddusdagi «payg‘ambar qabrini” kimlardan ozod etishga chaqiradi?

A) musulmonlardan* B) katoliklardan C) pravoslavlardan D) salibchilardan

14. Papa yurishda ishtirok etganlarga nimani va’da qiladi ?

1.gunohlari kechirilishini, 2.boyliklar berishini, 3. halok bo‘lganlar ruhining jannatga – «arshi-a’loga» tushishini, 4. Indulgensiya berilishini

A) 1,2 B) 1,3* C) 2,4 D) 2,3

15. Kim «muqaddas yer»ning boyliklari va hosildor ekanligini ham eslatib o‘tadi?

A) Richard II B) Salohiddin Ayubiy C) Urban II* D) Aleksey I

16. Falastinda nimaning daryo bo‘lib oqishi haqida aytilgan?

A) sut B) asal C) sut,asal* D) suv,sut

17. Qayer yerning kindigi ekanligi aytilgan?

A) Quddus* B) Iroq C) Bag’dod D) Damashq

18. Quddusni qanday o’lka ekanligi aytib o’tilgan?

A) jannatmakon B) hosildor yerli C) sersuv D) jannatmakon,hosildor yerli

19.Bu so‘zlarni kimlar «Xudoning irodasi shu!», «Xudoning xohishi shu!» kabi hayqiriqlàr bilan qarshilaydilar?

A) salibchilar B) xaloyiq* C) ruhoniylar D) ritsarlar

20. Ular matodan «but», ya’ni «salib»ning aksini qirqib, o‘z nimalariga tika boshlaydilar?

A) kiyimlariga* B) qalqonlariga C) bayroqlariga D) tojlariga

21. Yurish qatnashchilari qanday nomni oladi?

A) muqaddas B) salibchilar* C) gospitalyerlar D) g’arbchilar

22. III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining cherkovni nazariy, amaliy boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi nima deyiladi?

A) Cherkov yig’ini* B) Parlament C) Xalq yig’ini D) Senat

23. Katolik cherkovi yurish ishtirokchilariga ayrim yengilliklarni, jumladan, dehqonlarga nimalarni e’lon qiladi?

1. qarzlaridan kechilishini, 2. Moddiy jihatdan rag’batlantirish, 3. ularning oilalari cherkov himoyasiga o‘tishini, 4. Uy-joy bilan ta’minlashni

A) 1,3* B) 2,3 C) 1,4 D) 3,4

24. Kimlar salib yurishlarida qatnashish orqali o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar?

A) savdogarlar B) Dehqonlar * C) ritsarlar D) knyazlar

25. Salibchilarning ko‘pchiligini, asosan,kimlar tashkil etib, aksari boy bo‘lmagan xonadonlardan edilar?

A) ritsarlar* B) dehqonlar C) savdogarlar D) knyazlar

26. Oilaning kichik o‘g‘illari, mayorat tizimi bo‘lganidan, ya’ni meros kimga qoldirilgani

sababli, ota-onalari merosining katta qismiga umid qilmasalar ham bo‘lardi?

A)Kichik o’g’ilga B) katta o‘g‘ilga* C) kenjaga D) kata qiziga

27. Bu holatdagi kimlar o‘zlariga shon-shuhrat va boylik istab yo‘lga chiqqanlar?

A) ritsarlar* B) dehqonlar C) savdogarlar D) knyazlar

28. Kimlar Sharqqa jo‘naydilar?

1. Gersoglar, 2.graflar ,3. Ayrim qirollar ,4.imperatorlar

A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4*

29. Kimlar boy bo’lmagan xonadonlardan edilar?

A) ritsarlar* B) dehqonlar C) savdogarlar D) knyazlar

30. Gersog,graf,imperatorlar o‘zlariga nimalarni maqsad qilganlar?

1. yangi hududlar,2.fuqarolarni bo‘ysundirishni,3. Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni,4. Payg’ambar qabrini musulmonlardan ozod qilish,5.shon-shuhrat va boylik

A) 1,5 B) 2,3 C) 4,5 D) 1,2*

31. Qo‘shin bilan savdogarlar ham yo‘lga chiqib, ular nimani orzu qilganlar?

A) yangi hududlarni egallashni B) Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni* C) fuqarolarni bo’ysundirishni D) uy-joylarga egalik qilishni

32. Salib yurishi ishtirokchilarining moddiy manfaati nima edi?

A) «payg‘ambar qabri»ni musulmonlardan xalos etish* B) yangi hududlarni egallashni C) Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni D)fuqarolarni bo’ysundirishni


Tuzuvchi:Urgut tuman 136-IDUM tarix o’qituvchisi Murtazayeva Jamila Ma’diyevna


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin