7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


TUZUVCHI: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə16/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#40268
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
7-jahon test 2017

TUZUVCHI:

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

NAMANGAN VILOYATI

Namangan shahar

51-sonli umumiy o’rta talim maktabi

Tarix fani o’qituvchisi

ADASHEV QODIR SHERMIRZAYEVICH

17-mavzu. Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari.

  1. Sharq mamlakatlari o‘rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda o‘tganlar. Bu hol nima bilan izohlanadi.

  1. * har bir mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo‘lgani bilan.

  2. Kuchli davlatlarning yo’qligi bilan

  3. Davlatlar o’rtasidagi harbiy ziddiyatlarning ko’plgi bilan

  4. Savdoning yuqori darajada rivojlanganligi bilan

  1. Sharqda shaharlar dastlab nimalar sifatida tashkil topgan.

  1. *ma’muriy markaz yoki harbiy qal’alar sifatida

  2. Savdo markazi sifatida

  3. Yarmarkalar sifatida

  4. Poytaxt sifatida

  1. Sharqda shaharlar qaysi sohalarning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan.

  1. Dehqonchilik, hunarmandchilik

  2. Hunarmandchilik, chorvachilik

  3. Dehqonchilik, chorvachilik

  4. *Hunarmandchilik, savdo

  1. Qutb minor qayerda joylashgan.

  1. Osaka b) *Dehli c) Chanyan d) Kalkutta

  1. Qutb minor nechanchi asrga oid.

  1. XI b) XII c) *XIII d) XIV

  1. Chanyan, Loyan, Xanchjou shaharlari qaysi davlatda joylashgan.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Qaysi shahar Yaponiya xududida joylashmagan.

  1. Kioto b) Osaka c) Kama­kura d) *Loyan

  1. Dehli qaysi davlatda joylashgan.

  1. Yaponiya b) Xitoy c) *Hindiston d) Koreya

  1. Qaysi shahar o’rta asrlarda Osiyoning yirik shaharlari ro’yhatiga kirmagan.

  1. *Damashq b) Bag‘dod c) Buxoro d) Samarqand

  1. Osiyo shaharlari qanday yerlarda vujudga kelgan.

  1. *Davlat yerlari b) feodal yerlarida c) vaqf yerlarida d) mulk yerlarida

  1. Osiyo shaharlarining yevropa shaharlaridan farqi qanday bo’lgan.

  1. Savdo juda tez rivojlangan

  2. Buyuk ipak yo’liga unchalik e’tibor berishmagan

  3. Tez-tez isyonlar bo’lib turgan

  4. *Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yevropa shaharlaridan farqliroq yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan

  1. Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o‘rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi nechanchi asrlarga to‘g‘ri keladi.

  1. IX-XII b) *IX-XIII c) IX-XI d) IX-X

  1. Qaysi davlatda shaharlar imperatorga bo‘ysungan.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Shaharlarning taraqqiyotiga nima to‘sqinlik qilgan.

  1. Savdoning sustligi

  2. Markazlashgan davlatning yo’qligi

  3. * istilochilik urushlari

  4. Shahar juda tez rivojlangan

  1. Qaysi davlat va uning shaharlari o‘rta asrlarda juda ko‘p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan.

  1. Yaponiya b) Xitoy c) *Hindiston d) Koreya

  1. Qaysi davlatning o‘rta asrlar shaharlari budda ibodatxonalari atrofida, aloqa bekati va yo‘l ustida, dengiz bo‘yida, qal’a atrofida vujudga keladi.

  1. *Yaponiya b) Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Qaysi shahar 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘ladi.

  1. Osaka b) Kamakura c) Xanchjou d) * Xeyyan

  1. Xeyyan qayta tiklanganidan so‘ng qanday nom oladi va mamlakat poytaxtiga aylanadi.

  1. Osaka b) Kamakura c) Xanchjou d) * Kioto

  1. Qaysi shahar ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qoladi.

  1. Osaka b) Kamakura c) Xanchjou d) * Kioto

  1. Xitoyda nechanchi asrdayoq shaharsozlik yuksak darajaga ko‘tarilgan.

  1. X b) *XI c) XII d) XIII

  1. Qaysi davlatda o’rta asrlarda Imperator va zodagonlar hashamatli saroylar qurdirgan. Mamlakatda yog‘och tanqis bo‘lgan.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Xitoyda o’rta asrlarda yog‘och tanqis bo‘lgan shu sababli ular qanday qurilish ashyosidan foydalanmagan.

  1. G’isht b) sopol c) tosh d) *beton

  1. Qaysi davlatning yirik shaharlarida G‘arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Qaysi davlatda Aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’min- langan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, o‘t o‘chirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Qaysi qit’a shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan ko‘proq bo‘lgan.

  1. Amerika b) afrika c) *osiyo d) avstraliya

  1. O’rta asrlarda Xususan, qaysi davlada o‘rta asrlardayoq aholi zich yashagan.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Nechanchi asrda Pekinda 1 mln aholi yashagan.

  1. XIV b) XV c) XVII d) *XVI

  1. Xitoyning qaysi shahrida XVI asrda Pekindan ham ko’p ahloi yashagan.

  1. *Nankin b) Chanyan c) Loyan d) Xanchjou

  1. O’rta asrlarda Eronning Isfaxon, Sheroz shahar­larida qancha kishi yashagan.

  1. 100 mingdan ortiq

  2. *200 mingdan ortiq

  3. 300 mingdan ortiq

  4. 400 mingdan ortiq

  1. Qaysi shahar Amir Temur davlatining poytaxti edi.

  1. Buxoro b) *Samarqand c) Farg’ona d) Kesh

  1. Amir Temur saltanati poytaxti Samarqand qachon yuksalib dunyoga taniladi.

  1. XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida

  2. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida

  3. * XIV asr oxiri — XV asr boshlarida

  4. XIV asr oxiri — XVI asr boshlarida

  1. O‘rta asr shoirlari va faylasuflari qaysi shaharni «sayqali ro ‘yi zamin» — yer yuzining sayqali, husni, deb ta’riflaganlar.

  1. Buxoro b) *Samarqand c) Farg’ona d) Kesh

  1. Sharq dunyosida qaysi shahar ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, u islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markaz- laridan biri sifatida shuhrat qozongan.

  1. *Buxoro b) Samarqand c) Xiva d) Kesh

  1. Qaysi hudud musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo‘yicha qurilgan.

  1. Xitoy b) Hindiston c) *O’rta Osiyo d) Arab davlatlari

  1. O‘rta Osiyoning musulmon davlatlarida shahar markazida nima qurilgan.

  1. *Ark b) rabod c) shahriston d) masjid

  1. Ark nima.

  1. *shahar hokimi qal’asi

  2. asosiy aholi yashaydigan guzarlar

  3. hunarmandlar guzar va mahallalari

  4. masjid va madrasalar joylashgan hudud

  1. Rabod nima.

  1. shahar hokimi qal’asi

  2. asosiy aholi yashaydigan guzarlar

  3. *hunarmandlar guzar va mahallalari

  4. masjid va madrasalar joylashgan hudud

  1. Shahriston nima.

  1. shahar hokimi qal’asi

  2. *asosiy aholi yashaydigan guzarlar

  3. hunarmandlar guzar va mahallalari

  4. masjid va madrasalar joylashgan hudud

  1. O’rta osiyoda qurilish rejasi qanday edi.

  1. Shahriston-ark-rabod

  2. Shahriston-rabod-ark

  3. Ark-rabod-shahriston

  4. *Ark-shahriston-rabod

  1. Sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari nimadan iborat edi.

  1. *Tosh va g‘ishtdan

  2. Marmar va tosh

  3. G’isht va beton

  4. Beton a marmar

  1. Hukmdorlar, boylar o‘z saroylari, hovli-joylarini nimadan qurishgan.

  1. Tosh va g‘ishtdan

  2. Marmar va tosh

  3. G’isht va beton

  4. *G’isht va marmar

  1. Kambag’allar uylarini nimadan qurganlar.

  1. Tosh va g‘ishtdan

  2. *Paxsa, guvala

  3. G’isht va beton

  4. Paxsa va g’isht

  1. Qaysi hududda Kambag‘allarning uylari pishiq, mustahkam bo‘lmay, tez-tez ta’mirlashni talab qilgan. Merosga qoldirilganda, odatda, buzilib, o‘rniga yangisi qurilgan.

  1. Xitoy b) Hindiston c) *O’rta Osiyo d) Arab davlatlari

  1. Sharq hunarmandlari qanday mahsulotlarning katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar.

  1. Kulolchilik buyumlari, gilamlar

  2. *Ipak gazlamalari, zeb-ziynat buyumlari

  3. Qog‘oz va gazlamalar

  4. Gazlamalari va kiyimlar

  1. Qaysi hududlar shaharlarida ham hunar­mandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan.

  1. Yevropa va afrika

  2. Yevropa va osiyo

  3. *Osiyo va shimoliy afrika

  4. Shimoliy afrika va janubi-sharqiy osiyo

  1. Sharqda dastlab shahar aholisiga qanday imkoniyat berilgan.

  1. Uylar qurish

  2. Savdo yurtish

  3. *Soliqlardan ozod qilish

  4. Erkin savdo qilish

  1. Sharqda vaqt o’tib kimlardan ham turli soliqlar olina boshlagan.

  1. *Savdogar va hunarmandlardan

  2. Savdogar va dehqonlardan

  3. Dehqon va hunarmandlardan

  4. Savdogar, dehqon va hunarmandlardan

  1. Qaysi davlatda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig‘ib bermagan.

  1. Arab xalifaligi

  2. Yaponiya

  3. Xitoy

  4. *Dehli sultonligi

  1. Qaysi davlatda barcha ustalar sex a’zosi bo‘lishlari majburiy etib qo‘yilgan.

  1. Yaponiya b) *Xitoy c) Hindiston d) Koreya

  1. Xususan, faqat xitoyliklar necha kishi va yana ko‘plab yuk sig‘adigan yirik kemalar qurishgan.

  1. 500-600 b) *600-700 c) 700-800 d) 400-500

  1. Jonka nima.

  1. *Yirik kema b) kulolchilik buyumi c) oliy navli qo’g’oz d) shoyi gazlama

  1. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan qaysi hudud shaharlari tranzit savdo markazlari edi.

  1. Xitoy b) Hindiston c) *O’rta Osiyo d) Arab davlatlari

  1. Chet ellik savdogarlar Samarqandning qanday mahsulotlarini yuqori baholaganlar.

  1. *qog‘ozi va gazlamalarini

  2. kulolchiligi buyumlari

  3. gazlamalari va kiyimlarini

  4. kulolchilik buyumlari va qog’oz

  1. Chet ellik savdogarlar qaysi hudud kulolchiligi buyumlarini yuqori baholaganlar.

  1. Samarqand b) Marv c) Sheroz d) *G’ijduvon

  1. Chet ellik savdogarlar marvlik ustalarning qanday mahsulotlarini yuqori baholaganlar.

  1. qog‘ozi va gazlamalarini

  2. kulolchiligi buyumlari

  3. *gazlamalari va kiyimlarini

  4. kulolchilik buyumlari va qog’oz

  1. O‘rta asrlarda qayerlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan.

  1. *eronlik b) xitoylik c) yaponiyalik d) hindistonlik

  1. Erondan savdogarlar qanday mahsulotlarni harid qilganlar.

  1. po‘latdan yasalgan qurol-aslaha 2) parcha 3) ipak gazlamalar 4) mis idishlar 5) kumush idishlar 6) jun gilamlar

  1. 1,2,3,6 b) 2,3,6 c) *1,4,5 d) 1,2,3,4,5,6

  1. Qaysi yirik markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbaiga aylantirdi.

  1. Arab xalifaligi 2) Tan imperiyasi 3) Dehli sultonli 4) Sun imperiyasi 5) Koguryo davlati 6) Guptalar davlati

  1. 4,5,6 b) 1,2,6 c) 2,3,5 d) *1,2,3

  1. Uzoq Sharqdan qaysi dengizga qadar hududlarda karvon yo‘llari orqali savdo olib borilgan.

  1. *O‘rta yer b) Qora dengiz c) Qizil dengiz d) Kaspiy dengizi

  1. Qaysi suv hududlari orqali arab, hind, xitoy savdogarlarining o‘nlab kemalari suzgan.

  1. Fors ko’rfazi 2) Qora dengiz 3) O‘rta yer dengizi 4) Qizil dengiz

  1. 1,3 b) 2,3 c) 3,4 d) *1,4

  1. Osiyodan farqliroq, Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi uzluksiz urushlar, qit’aning nimalarning manbaiga aylanishiga sabab bo‘lgan.

  1. Xomashyo 2) tuz 3) oltin 4) fil suyagi 5) ziravorlar 6) asosan qullar

  1. 1,2,3,4,5,6 b) 2,4,5,6 c) *1,2,3,4,5 d) 1,3,5,6

  1. Osiyo bozorlari nimasi bilan ajralib turgan.

  1. *O‘zining gavjum va sershovqinligi bilan

  2. Savdogarlarning ko’pligi bilan

  3. Mahsulotlarning sifati bilan

  4. Sex tashkilotlarining ko’pligi bilan

  1. O‘rta asr bozorlari ko‘pincha qayerda joylashgan.

  1. *Shahar darvozlari yaqinida

  2. Ark yaqinida

  3. Shahriston markazida

  4. Shahar bosh maydonida

  1. Shahar ichida kichkina bozorlar qanday xususiyati bilan ajralib turadi.

  1. Faqat dehqonlar savdo qilgan

  2. *Ular ma’lum mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan

  3. Ular ko’p tarmoqli bo’lgan

  4. Ularda savdoga imtiyoz bo’lgan

  1. O‘rta Osi­yo va qaysi hududdagi yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo‘lingan.

  1. Xitoy b) Yaponiya c) Hindiston d) *Eron

  1. Ilk o‘rta asrlardayoq Bag‘dodda, Ishbiliya (Sevilya) va G‘arnota (Granada — Ispaniya)da qanday bozorlari bo‘lgan.

  1. *Mardikor bozori b) Qul bozori c) Qurol-yarog’ bozori d) Kema bozori

  1. Qanday bozorlarga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning o‘z mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to‘plangan.

  1. Yarmarkaga b) Kundalik bozorga c) *Ko’chma bozorga d) Shahar bozoriga

  1. Yaponiyada Nara va Xeyyan shaharlari qayerda tashkil topgan.

  1. *budda ibodatxonalari yaqinida

  2. chorrahada va karvon yo‘li bo‘ylab

  3. dengiz sohilida

  4. qal’a yaqinida

  1. Chorrahada va karvon yo‘li bo‘ylab joylashgan shahar qaysi.

  1. Nara b) *Otsu c) Sapai d) Nagoya

  1. Xyogo, Sapai shaharlari qayerda tashkil topgan.

  1. budda ibodatxonalari yaqinida

  2. chorrahada va karvon yo‘li bo‘ylab

  3. *dengiz sohilida

  4. qal’a yaqinida

  1. Qal’a yaqinida joylashgan shahar qaysi.

  1. Nara b) Otsu c) Sapai d) *Nagoya




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin