Denov tadbirkorlik va pedagogika



Yüklə 24,16 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü24,16 Kb.
#210778
Toshkent viloyati yer resurslari tahlili









DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA

INSTITUTI

TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI IQTISODIYOT YO`NALISHI 1I-22 GURUHI TALABASI Tojiyev Kamoliddinning Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish mexanizmlari.Hududlar tabiiy resurslarini



TAHLIL
Tayyorlovchi: Tojiyev Kamoliddin


Qabul qiluvchi: Nargiza Eshqobilova
TOSHKENT VILOYATI YER RESURSLARINI OʻRGANISH VA TAHLIL QILISH
Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani).

Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. Mahsulotlarini qayta ishlash.

Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi.

Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. Birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. Va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. Uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.

Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.

Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.

Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi.
Sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. Viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004).

Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Yer resurslarini boshqarish tizimida о„tadigan jarayonlar asosini uzluksiz axborot Almashinuvi tashkil etadi. Bu almashinuvni ta‟minlaydigan vosita yer kadastri hamda
Yer monitoringi hisoblanadi.Boshqarish jarayonida axborotlar о‘zlarining vazifasi bо‘yicha quyidagilarga Taqsimlanadi:
 xabardor qilishga (qabul qilinadigan qarorlarni asoslash uchun

 foydalaniladi);

 boshqarish jarayoni shakllanadi va subyektga ijro etish va

 foydalanish uchun yetkaziladi. Axborotlarni tо„plash, ishlov berish va ularning tahlili yaxlit boshqarish tizimining Mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun axbo-rotlarni boshqarish komponentlariniAniqlashda ularning ma‟muriy hududiy darajalarida о„zaro aloqadorligi ham muhimdir Axborotlarning manbai yer kadastri xizmati va boshqa idoralar, shuningdek Hokimiyat ijro organlarining materiallari bо„lishi mumkin: kartografik, material, Hisobotlar, kitoblar va qaydnomalar, kataloglar, referatlar, ekspertlar ma‟lumotlari, Qomuslar, boshqa tekshiruv hamda tahlil materiallari. Boshqarish tizimining ishlab Chiqarish va yaratish jarayoniga uning obyekti va predmetidan tashqari Boshqaruvning maqsadi va vazifalari ham ta‟sir kо„rsatadi. Shu bilan birga obyekt


Va predmet kо„p yillik о„tmish davrida yaratiladi. Maqsad va vazifalar esa jamiyat
Tomonidan qisqa muddatda shakllantiriladi. Birinchi va ikkinchi guruhlar о„rtasida
Yetarlicha о„zaro aloqa mavjud. Chunonchi, maqsad va vazifa boshqarishning
Predmeti va obyekti holatini hisobga olish bilan shakllanadi. Shakllanib bо„lingan
Maqsad va vazifa esa ularni realizatsiya qilish paytida boshqarishning predmeti va
Obyektini shakllantiradi.
Yer resurslarini boshqarishning maqsadi – jamiyatning mujassam-lashgan
Ehtiyojini ifodalashdir. Maqsad yer resurslari xususiyatlaridan foydalanish asosida
Qondirilish holatini kelajagi va ulardan foyda-lanish jarayonini aks ettiradi. Yerdan
Foydalanishning о„zi bu yer resurslariga ayrim subyektlar yoki jamiyatning bevosita
Ta‟sir kо„rsa-tishidir. Shu bilan birga har qanday ta‟sir kо„rsatuvchi yerning aniq
Xususiyatini iste‟mol qilish bilan pisanda qilingan ma‟lum maqsadga ega. Jamiyat
Alohida subyektlar maqsadini ularning ommaviyligi va xilma-xilligi sababli tо„la
Nazorat qilishga qodir emas

Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. Tuproqatmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil, 15 dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari turlari ham kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab chiqarilmoqda, Dunyo okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taʼminlaydi/.




Yüklə 24,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin