7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


-Mavzu Tuzuvchi: Qilichov.R.Y



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə34/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#40268
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
7-jahon test 2017

37-Mavzu

Tuzuvchi: Qilichov.R.Y

1. Mo'g'ullarning qachon qurultoyida Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqardi

A. 1235* B. 1237

C. 1238 D. 1240

2. Uluslardan o'nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan kimni berilishiga kelishiladi?

A. Chig`atoyni B. O`qtoyni

C. O`zbekxonni D. Subutoy bahodirni*

3. Botu va Subutoylar qachon rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni olishadi?

A. 1237-yilning kuzida* B. 1241-1242-yillarda

C. 1238-1240-yillarda D. 1243-yil

4. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo'g'ullarga yetarlicha qarshilik ko'rsatish imkonini ham bermasdan 1238-1240-yillarda qaysi shaharlar bosib olinadi?

A. Vladimir, Suzdal B. Kiyev, Galich C. Volin D. ABC*

5. Qachon O'qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo'yi dashtlariga qaytadi?

A. 1237-yilning kuzida B. 1241-1242-yillarda

C. 1238-1240-yillarda D. 1243-yil*

6. Botuxon istilo qilgan qaysi hududlarida rus yozma manbalarida Oltin O'rda nomini olgan Jo'ji ulusi shakllanadi?

A. Volgabo'yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari

B. Shimoliy Kavkaz

C. Moldaviya D. ABC*

7. Oltin O'rda, Jo'jl ulusi - …. Jo'jixonning o'g'li Botuxon (1236—1255) tomonidan asos solingan davlat.

A. XIII asrning 40-yillari boshida* B. 1241-1242-yillarda

C. 1238-1240-yillarda D. 1243-yil

8. 1224-yil Jo`ji ulusi qayerlardan iborat edi?

A. Shimoliy Xorazm B. Shimoliy Kavkaz*

C. Yettisuv D. A va B

9. Oltin O'rdani … va uning avlodlari boshqargan.

A. Chig`atoy B. O`qtoy

C. O`zbekxon D. Botuxon*

10. Muhim masalalarni hal etish uchun … chaqirilgan.

A. qurultoy* B. majlis C. kengash D. A va C

11. Ijro hokimiyati boshlig'i kim?

A. ulusbegi B. beklarbegi* C. talab D. chiqim

12. Oltin O`rdada devon ishlarini kim boshqargan?

A. ulusbegi B. beklarbegi C. talab D. vazir*

13. Mo`g`ullar davlatida mahalliy boshqaruv kimning qo'lida bo`lgan?

A. dorug'a B. bosqoqlar* C. vazir D. A va B

14. Rusda barcha knyazlar qayerdan boshqarav yorlig'i oladi?

A. Oltin O'rdadan* B. Chingizxondan

C. O`qtoydan D. B va C

15. Vladimir knyazi …. ularning "ulug'i" deb tan olinadi.

A. Yaroslav* B. Mixail C. Aleksiy D. Monamax

16. Dastlab mo'g'ullar bo'ysundirgan hududlarda, o'zlarining an'anaviy boshqaruv tizimini joriy etadi. Bosib olingan dashtlar Botuning. ukalariga berilib, ularning … mulkiga aylanadi.

A. iqt`o B. tanho C. suyurg'ol* D. ulus

17. Suyurg'ol egalari xon qo'shiniga ma`lum belgilangan sondagi jangchilarni jo'natishdan tashqari, …

A. aholidan to'plangan soliqlarning bir qismini ham yuborgan.*

B. o`zi boshchiligidagi keshikni yuborgan

C. Berilgan yerdan xoxlaganicha daromad olgan

D. Suyurg`olni xoxlasa sotib yuborgan

18. Oltin O'rda qachondan to`rtta viloyatga bo'linib, ular ulus nomini oladi?

A. XII asrdan B. XIII asrdan

C. XIV asrdan * D. XV asrdan

19. Bu viloyatlar ulusbegisi qo`shin boshlig'i bo'lishidan tashqari …

A. o'ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni ham hal etgan*

B. vazir darajasida bo`lib aholidan o`lpon undirgan

C. xondan ko`proq mavqeiga erishgan

D. ABC


20. Oltin O'rda qo'shinini kim boshqargan?

A. ulusbegi B. beklarbegi* C. talab D. vazir

21. Oltin O`rdada kim ko'chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba'zida xondan ham ko'proq mavqega erishgan?

A. ulusbegi B. beklarbegi* C. talab D. vazir

22. Oltin O'rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti kimlarni kuchayishiga olib keladi?

A. amaldorlar* B. beklarbegi C. talab D. vazir

23. Vazir va uning yetakchiligidagi devon qanday ishlarni boshqargan?

A. soliqlar B. moliya C. savdo ishlarini D. ABC*

24. Aholining ro'yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi … deb nomlangan katta to'lovga tortiladi.

A. kirim B. chiqim* C. zakot D. xiroj

25. To`lovdan tashqari aholidan shoshilinch yig'iladigan soliq … ham olingan.

A. kirim B. chiqim C. talab* D. xiroj

26. Soliq va bojlarni to'lanishini kim maxsus tayinlangan mo'g'ul noiblari nazorat etishgan?

A. amaldorlar B. beklarbegi C. talab D. bosqoqlar*

27. Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi Yaroslav boshlab, uning o'g'li …. davom ettirgan?

A. Mudriy B. Ivan Kalitta

C. Mixail D. Aleksandr Nevskiy*

28. Knyaz …. Oltin O`rdaga bir necha bor tashrif buyurgan.

A. Mudriy B. Ivan Kalitta C. Mixail D. Aleksandr*

29. Rus knyazlaridan qaysi biri Mo'g'ulistonda ham bo'lib, mahalliy amaldorlarning hurmat-e'tiboriga sazovor bo'ladi?

A. Mudriy B. Ivan Kalitta C. Mixail D. Aleksandr*

30. Tashqi siyosat masalalari bilan asosan kim shug'ullangan?

A. xon B. xonning yaqin maslahatchilari

C. beklarbegi D. ABC*

31. Oltin O'rda uzoq vaqt … eng kuchli davlati bo'lganidan ko'pgina mamlakatlar taqdiri unga bog'liq edi.

A. G`arbiy Yevropaning B. Sharqiy Yevropaning*

C. Osiyoning D. A va C

32. …. xon saroyi bilan do'stona munosabatda bo'lishga intilganlar.

A. Yevropa qirollari, Rim papalari B. Vizantiya imperatorlari

C. Turk sultonlari D. ABC*

33. Qayerda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari esa Oltin O'rda bilan Kavkazortiga egalik qilish masalasida raqobat qila boshtaydi?

A. Eronda* B. Misrda C. Suriyada D. Bag`dodda

34. Qachon Botuxonning ukasi Berkaxon ham halok bo'ladi?

A. 1266-yil* B. 1278-yil

C. 1234-yil D. 1256-yil

35. Xu­loku ulusiga qarshi kurashda Oltin O'rda qayer bilan ittifoq tuzadi?

A. Eron B. Misr* C. Suriya D. Bag`dod

36. Qachon Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishadi?

A. XIV asrning birinchi yarmida* B. XIV asrning ikkinchi yarmi

C. XII asrning boshlari D. XV asrning oxirlarida

37. Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisi kimlar nomi bilan bog`liq?

A. O'zbekxon (1312-1342) B. Jonibek (1342-1357)

C. Berkaxon D. A va B*

38. Oltin O'rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri qaysi dinning qabul qilinishi bo'ldi?

A. buddizm B. shominizm C. majusiy D. islom*

39. Mo'g'ullar imperiyasi asoschisi … barcha diniy e'tiqodlarga birday munosabatda bo'lishni vasiyat qilgan edi.

A. O'zbekxon (1312-1342) B. Jonibek (1342-1357)

C. Berkaxon D. Chingizxon*

40. Oltin O'rda poytaxti … shahrida turli diniy ibodatxonalar qurilgan.

A. Qoraqurum B. Qoraqum C. Saroy* D. ABC

41. Kim 1314-yilda islomni davlat dini deb e'lon qiladi?

A. O'zbekxon (1312-1342)* B. Jonibek (1342-1357)

C. Berkaxon D. A va B

42. Kimning davrida Oltin O'rda shaharlari gullab yashnagan?

A. O'zbekxon B. Jonibek

C. O`rxon D. A va B*

43. …. dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo'lgan.

A. Saroy botu B. Saroy berka C. ibodatxonalar D. A va B

44. Kimning vafotidan so'ng Oltin O'rda taxti uchun kurash boshlangan?

A. Xulaku B. Mamay C. O`zbekxon D. Jonibek*

45. Qachon To'xtamishxon Oltin O`rdani o`n besh yilga yana biriashtiradi?

A. XII asr boshlarida B. XIII asr oxirida

C. XIV asrning oxirida* D. XV asrda

46. Davlat tarixining fojiali sahifalari aynan kimning hukmdorligi bilan bog'liqdir?

A. O'zbekxon B. Jonibek C. O`rxon D. To`xtamishxon*

47. Amir Temur Jo'ji ulusiga qarshi necha marta yurish qiladi?

A. 6 marta B. 3 marta* C. 7 marta D. 8 marta

48. Shimoliy Kavkazdagi 1395-yilgi To'xtamishning Amir Temurdan mag'lubiyati qaysi shaharlarini vayron ctilishiga sabab bo'ladi?

A. Saroy B. Saroy Berka C. Astraxan D. ABC*

49. To'xtamishning Amir Temurdan mag'lubiyatidan keyin savdo yo'llari qaysi tomonga siljiydi?

A. g`arb B. sharq C. shimol D. janub*

50. Kimning yurishlari Oltin O'rdani uzil-kesil zaiflashtiradi?

A. Amir Temur* B. Yustinian

C. O`zbekxon D. A va C

51. Oltin O'rda qachondan qator xonliklarga bo'linib kctadi?

A. XII asr boshlarida B. XIII asr oxirida

C. XIV asrning oxirida D. XV asrning birinchi yarmida*

52. Xonliklardan eng yiriklari …. bo'lgan.

A. Qrim, Qozon B. Sibir, Qozoq xonliklari

C. No'g'ay O'rdasi D. ABC*




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin