2. Fe’l so’z turkumiga xos lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni aniqlang. 1) zamon shakli; 2) nisbat shakli 3) mayl shakli; 4) bo’lishsizlik shakli; 5) harakatning kuchli yoki kuchsizligini ifodalovchi shakllar; 6) vazifa shakllari; 7) shaxs- son
*A) 1, 2, 3,4, 5, 6
B) barchasi
C) 3, 7
D) 1, 2, 4, 5, 7
3.Qaysi javobda quyida keltirilgan gapda ishtirok etgan fe'lning vazifa shakllari to'g'ri ko'rsatilgan?
Paxta va zig'ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, yaxshi
quritmay dazmollanadi.
1) sof fe'l; 2) sifatdosh; 3) harakat nomi; 4) ravishdosh.
A) 1,2, 3
B) 1,2, 3,4
*C)1,2, 4
D)1,3, 4
4. Tarkibidagi yasama fe'l to'rtta ma'noli qismga bo'linadigan gapni aniqlang.
A) U otasi bilan salomlashib, ko'rpachaga o'tirdi.
B) Yuzimga qarab turib "sensiramang" deydi-ya?!
*C) Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
D) Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyitildi.
5. Qaysi maqolda fe'lning ikki xil nisbat qo'shimchasi qo'llangan?