Creator: Ikromov Sherzodxon 7-sinf O’zbekiston tarixi @Majburiy_Bloklar_UZ Rasmiy sahifalarimiz:@Zakovatli_Tarixchilar @Tarixdan_Testlaruz 11
11
mahalliy aholi o‘rtasida keng yoyishga harakat qilardi
B) Ular bir zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidga
aylantirdilar va arab me'morchigiga xos hashamatli binolar
qurdilar
C) Uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini
oyoqosti qilib, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib
vayron etdilar
D) Mahalliy aholini bitta qolmay qirib tashlashga harakat
qilardi
2. Qaysi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlaming
qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar
(eronliklar) ga bo’shatib beriladi?
1. Choch. 2. Urganch. 3. Xo’jand. 4. Farg’ona.
5. Marv. 6. Poykand. 7. Buxoro. 8. Samarqand.
A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. C) 1-3-5-7. D) 2-4-6-8.
3. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy
hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini
ta‘minlashda qanday ishga alohida ahamiyat berdilar?
A) Tarqoq mahalliy hokimliklarni markaziy hokimiyatga
birlashtirishga
B) O‘zlari joriy qilgan bir necha turdagi soliqlarni vaqtida
yig‘ib olishga
C) Islom dinini da’vat etishga, aholi o‘rtasida islomni
yoyishga
D) Mamlakatdagi doimiy qo‘zg‘olonlarni bostirishga
4. Movarounnahrda arablar islom dinini yoyish maqsadida
qanday ishlarni amalga oshirganlar?
1) ibodatxonalar vayron etilib, ularning o'rniga jome
masjidlari bino qilinadi
2) Islom dinini qabul qilib, musulmon bo’lgan mahalliy
aholi xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etilgan
3) Otashparastlik diniga e'tiqod qiluvchilar uchun o‘lim
jazosi joriy etilgan
4) Islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan jiz’ya
soligi undirilgan
5) Masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun davlat oldidagi
barcha qarzlar va soliqlardan ozod etilishi haqida qonun
joriy etilgan
6) Jiz’ya solig‘ini o‘z vaqtida to’lamagan kishilar tutib
olinib, bo’yinlariga “qarzdor” deb yozilgan taxtacha osib
qo‘yilardi
7) Islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan ushr
solig'i undirilgan
8) Masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul
hadya etilgan
A) 3,5,6 B) 1,2,4,6,8 C) 1,3,4,5,8 D) 1,2,4,7
5. Movarounnahrda arablar qanday soliq turlarini joriy
etdilar?
1) xiroj 2) ushr 3) kalon 4) zakot 5) alg‘ut 6) qopchur
7) mushrifona 8) jiz’ya 9) tanobona
A) 2,4,6,8 B) 1,2,4,8 C) 1,3,5,8,9 D) 2,6,7,9
6. Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i
nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
7. Mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq nima deb
atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
8. Hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig’i nima
deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
9. Idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida
olinadigan soliq nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
10. Qutayba qaysi shahar markazidagi zardushtiylar
ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Farg’ona
D) Choch
11. Arablar tomonidan qaysi saroy devorlariga solingan
suratlardagi odam rasmlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga
qilich bilan chizib yuborilgan?
A) Afrosiyob B) Varaxsha
C) Poykand
D) Quva