10-mavzu 1. Qaysi xalifa murakkab vaziyatni hisobga olib,
bo’ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini
amalga oshirishga majbur bo’ldi?
A) Umar ibn Abdulaziz.
B) Umayya ibn Abdulloh.
C) Qutayba ibn Muslim.
D) Ubaydulloh ibn Ziyod.
2. Qaysi xalifa yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni
to’xtatish hamda moliyaviy isiohot o’tkazish to’g’risida
farmon berdi?
A) Umar ibn Abdulaziz. B) Umayya ibn Abdulloh.
C) Qutayba ibn Muslim. D) Ubaydulloh ibn Ziyod.
3. 717-719-yillarda kim Arab xalifasi bo’lgan?
A) Umar ibn Abdulaziz.
B) Umayya ibn Abdulloh.
C) Qutayba ibn Muslim.
D) Ubaydulloh ibn Ziyod.
4. Ma’lumki, xalifa Umar ibn Abdulaziz moliyaviy isloh
o’tkazish to’g’risida farmon berdi.
Bunga binoan...
A) Islomni qabul qilgan yerli xalqlardan xiroj va jiz’ya
soliqlarini olish bekor qilindi
B) Bo’ysundirilgan yerli aholining barchasidan xiroj va
jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi
C) Yirik kumush tangalar zarb qilish va muomulaga kiritish
joriy etildi
D) Islomni qabul qilgan yerli xalqlardan xiroj va zakot
soliqlarini olish bekor qilindi
5. Qaysi voqeadan so’ng Movarounnahrda yoppasiga
islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanib,
arablarga qarshi xalq qo’zg’oloni ko’tarildi?
A) Xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan xiroj va jiz’ya
soliqlarini olish bekor qilindi
B) Xalifalik ma’muriyati bir yo’la hammadan jiz’ya olish
haqida buyruq berdi
C) Xalifa Marvon II arab tilini barcha o’rganishi haqida
buyruq berdi
D) Xalifalik ma’muriyati hammadan bir vaqtning o’zida
mavjud barcha soliqlarni undirish haqida buyruq berdi
6. VIII asrning 20-yillarida Sug’dda qo’zg’olon ko’targan
G’urak va Divashtich qanday lavozimga ega bo’lishgan?
A) Badaxshon hokimi, dehqon B) Dehqon, tunukasoz
C) Samarqand ixshidi, Panjikent hokimi
D) Badaxshon hokimi, Panjikent hokimi
7. 720-yilda qayerda arablarga qarshi qo’zg’olon boshlandi?
A) Sug’d. B) Xorazm. C) Choch. D) Farg’ona.
8. 720-yilda Sug’dliklarga yordam berish uchun qayerdan
turk lashkarlari keladi?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy.
9. Quyidagi ishlardan qaysi biri Xuroson noibi Ashros
tomonidan amalga oshirilgan?
A) Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarrni
olmaslikka qaror qildi
B) Yirik kumush tangalar zarb qilish va muomulaga kiritish
joriy etildi