7-sinf O`zbekiston tarixi 2017 -yilgi nashr asosida Mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#200501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
7 sinf O\'zbek Tarix Mavzulashtirilgan Testlar



Creator: Ikromov Sherzodxon
7-sinf O’zbekiston tarixi
@Majburiy_Bloklar_UZ
Rasmiy sahifalarimiz:@Zakovatli_Tarixchilar @Tarixdan_Testlaruz
11
7-sinf O`zbekiston tarixi
2017
-yilgi nashr asosida
Mavzulashtirilgan testlar.
1-mavzu
1. Qaysi so’z qabila begi, hukmdor degan ma’noni anglatadi?
A) “Turkman” B) “Qozoq” C) “Mo’g’ul” D) “O’zbek”
2. Qachon Samarqandda buyuk allomalar ilmiy me’rosiga
bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazilgan?
A) 2014-yil 13-14-may B) 2014-yil 14-15-may
C) 2015-yil 13-14-may D) 2014-yil 15-16 may
3. Ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi” deb atalgan katta yer
egasi bu … ?
A) Chokar
B) Dehqon
C) Koshavarz D) Kadivar
4. Qachon mamlakatimizda Arab xalifaligi o‘rnatildi?
A) VIII asrning boshlari B) VII asrning boshlari
C) VIII asrning oxiri
D) IX asrning boshlari
5. Ilk o’rta asrlarda zamonasining qaysi buyuk davlatlari
davrida qadimgi Turon diyorida yuksalish boshlangan?
A) Qang’ davlati va Kushon podsholigi
B) Xorazm va Eftaliylar
C) Davan va Qang’ davlati
D) Baqtriya va Sug’d davlati
6. Ilk o’rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib
bordi?
A) Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik,
ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida
B) Dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining
shakllanishi natijasida
C) Dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida
D) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni
mamlakatlarga chiqarilishi natijasida
7. Ilk o‘rta asrlarda mamlakatda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi qanday
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi?
1) Yirik o‘rta asr davlatlari shakllana boshladi;
2) Ziroatkor maydonlarga egalik qilish shakli asta-sekin
o‘zgara boshladi
3) Sex hunarmandchiligiga va o‘ziga xos shahar ijtimoiy
tuzumiga ega bo‘lgan o‘rta asr shaharlari vujudga keldi; 4)
O'troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o'rtasidagi
aloqalar rivojlandi;
5) Xalqlarning buyuk ko‘chishlariga olib keldi;
6) Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholinining o‘troq
hayotga o'tishining kuchayishi natijasida obikor yerlarga
bo'lgan muhtojlik oshib bordi;
7) Ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi;
8) Katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi
shakllandi.
A) 2,4,6,8 В) 1,3,6,8 C) 1,2,4,6,7,8 D) 1,3,5,7
8. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer
egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?
A) Dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-
mulkka ega bo'lib qolishi natijasida
B) Nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer
maydonlarning ma’lum bir ulushining o'tishi va merosiy
mulkiga aylanishi natijasida
C) Chorvadorlarning ko'psonli chorvalarini boqqan yerlariga
ega bo'lib qolishi natijasida
D) Dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va
saroylarga ega bo‘lib qolishi
9. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar o‘zlariga tegishli
yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan,
ayniqsa to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olar edilar. Bu yo‘l
bilan ular qanday imkoniyatlarga ega bo’lardilar?
A) Barcha sug‘orish inshootlarini egasi bo‘lish
B) Suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq ziroatkor
mehnatkashlarining yerlariga yetarlicha suv yetkazib berish
va dehqonchilikda faqat o‘zlari uchun suvdan bemalol
foydalanish
C) Suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv
taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z
ta’sirini o‘tkazish
D) O’z ekin maydonlarini meyyoriga yetirib sug’orish va
mo’l hosil olish imkoniyatiga ega bo’lganlar
9. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar qishloqlarda o‘z
ta’sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan
hukmronlik qila boshlaydi. O‘sha zamonda ular nima deb
atalgan?
A) Kashovarzlar B) Kadivarlar
C) Dehqonlar
D) Ziroatkorlar
10. Kimlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo
va hunarmandchilik do’kon-u rastalaridan iborat kattagina
xo’jalikka ham ega edilar?
A) Kadivar. B) Kashovarz. C) Chokar. D) Dehqon.
11. Qachon dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar tabaqalari
shakllandi?
A) Ona urug’i davrida.
B) Ilk o’rta asrlarda.
C) Rivojlangan o’rta asrlarda D) Eng yangi asrda.
12. “Dehqon” so’zining ma’nosi nima?
A) “Viloyat hokimi” B) “Shahar hokimi”.
C) “Tuman hokimi” D) “Qishloq hokimi”.
13. Ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa qanday atalgan?
A) Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon
14. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi
qanday atalgan?
A) Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon
15. Ilk o’rta asrlarda ziroatchi oddiy qo’shchilar qanday
atalgan?
A) Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon
16. Ilk o’rta asrlarda dehqon mulkini qo’riqlovchi, harbiy
posbon qanday atalgan?
A) Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon
17 . V asrning o’rtalariga kelib....
A) Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi
mulkdor dehqonlar qaramog'iga o’tdi.
B) Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi
mulkdor dehqonlar tomonidan kadivarlarga ijaraga berilar
edi
C) Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi
mulkdor dehqonlar tomonidan kashovarzlarga ijaraga berilar
edi
D) Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali
ham qishloq jamoalarining qaramog'ida edi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin