Creator: Ikromov Sherzodxon 7-sinf O’zbekiston tarixi @Majburiy_Bloklar_UZ Rasmiy sahifalarimiz:@Zakovatli_Tarixchilar @Tarixdan_Testlaruz 44
B) Xitoy va G’arbiy Kavkaz.
C) Bolqon va Shimoliy Eron.
D) Oltoy va Janubiy Sibir.
4. Qachon Bumin “xoqon” deb e’lon qilindi?
A) 549-yil B) 550-yil C) 551-yil D) 552-yil
5. Qayer Turk xoqonligining markazi qilib belgilanadi?
A) Yettisuv B) Kavkaz C) Xuroson D) Oltoy
6. Turklarning g’arbga tomon yurishlariga kim boshchilik
qiladi?
A) Usmon B) Istami C) Bumin D) Abruy
7. Kimga “Yabg’u xoqon” degan unvon beriladi?
A) Usmon B) Istami C) Bumin D) Abruy
8. Qachon turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha
cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar?
A) 553-yil B) 554-yil C) 555-yil D) 556-yil
9. Sirdaryo va Orol bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni
egallagan Turk xoqonligi chegaralari qaysi davlat
hududlariga borib yondoshadi?
A) Xitoy davlati
B) Sosoniylar davlati
C) Eftaliylar davlati D) Vizantiya imperiyasi
10. Sosoniylar qayerlarni eftallardan tortib oladilar?
1. Toxariston.
2. Chag’oniyon.
3. Badaxshon. 4. Qo’bodiyon.
A) 1-2. B) 3-4. C) 1-3. D) 2-4.
11. Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi muqarrar
edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni avval
qaysi mamlakat bilan yaqinlashtiradi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston
12. Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi
muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat
xoqonlikni so’ngra qaysi mamlakat bilan yaqinlashtiradi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston.
13. Nima sababdan turklarning eftaliylar bilan to‘qnashishi
arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi?
A) Sosoniylar eftaliylardan o‘zlarining Marv va Badaxshon
hududlarini qaytarib olishi kerak edi
B) Turklar va sosoniylar o'rtasida tuzilgan shartnomaga
ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va
Chag‘oniyonni olishi kerak edi
C) Eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning
tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi
D) Sosoniylar shohi turklarning yabg‘u xoqoni Istamiga
kuyov bo’lgan edi
14. Qaysi Eron shohi Istamiga kuyov bo’lgan?
A) Kubod. B) Xusrav I. C) Pero’z. D) Shopur II.
15. Turklar qachon Eftallar davlati yerlariga bostirib
kiradilar?
A) 561-yil. B) 562-yil. C) 563-yil. D) 564-yil.
16. Qaysi davlat askarlarining Balxga hujumi ko’magida
turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston
17. Parak (Chirchiq) vodiysining markazi qayer
bo’lgan?
A) Sug’d B) Xorazm C) Choch D) Farg’ona
18. Turk xoqonligi tomonidan O'rta Osiyo
shaharlarining egallanish ketma-ketligini to'g'ri belgilang.
A) Naxshab, Samarqand, Kesh va Choch, Buxoro
B) Buxoro, Samarqand, Kesh va Naxshab, Choch
C) Choch, Samarqand, Kesh va Naxshab, Buxoro
D) Choch, Samarqand, Buxoro, Kesh va Naxshab
19. Buxoroda turklar va eftallar o’rtasidagi shiddatli jang
necha kun davom etgan?
A) 5 kun. B) 6 kun. C) 7 kun. D) 8 kun.
20. Turk xoqonligi qachon Eftallar davlatini bosib olgan?
A) 561-565-yillarda B) 562-566-yillarda.
C) 563-567-yillarda D) 564-568-yillarda.
21. 563-yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan
turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallab,
Buxoroga yaqinlashadilar?
A) Samarqand, Kesh va Naxshabni
B) Xo'jand, Talos va Naxshabni
C) Samarqand, Chog'aniyon va Xuttalonni
D) Ustrushona, Samarqand va O'zganni
22. Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib,
Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar
qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston.
23. Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib,
Amudaryoning o’ng sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha
cho’zilgan yerlar qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?
A) Turk xoqonligi
B) Kidariylar davlati
C) Xazar xoqonligi
D) Xioniylar davlati.
24. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Amudaryodan to
Suriyaga qadarli Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib
oladi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston.
25. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Uzoq Sharqdan
Eron hududlarigacha karvon yo’li nazoratini o’z homiyligi
ostiga olgan?
A) Turk xoqonligi
B) Kidariylar davlati.
C) Xazar xoqonligi D) Xioniylar davlati.
26. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi
yillarda va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod
bo’ldi?
A) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan
Turk xoqonligi zarbalari natijasida
B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk
xoqonligi zarbalari natijasida
C) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zarbasi
natijasida
D) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda
Turk xoqonligi zarbalari natijasida
27. Turk xoqonligi qanchalik katta bo’lmasin, chinakam
markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi nimadan iborat
bo’lgan?
A) Turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar ittifoqidan.
B) Xoqon hokimiyad urug’-aymoq udumlaridan.
C) Bo’ysundirilgan mahalliy tarqoq davlatlardan.
D) Harbiy-ma’muriy boshqaruvidagi organlardan.
28. Turk xoqonligi hukmdorining hokimiyati...
A) Qishloqlarda eng nufuzli dehqonlar qo‘lida edi
B) Xalq hokimiyatiga asoslangan edi
C) Barcha huquqlarga ega bo'lgan yakka hokimlikka
asoslangan edi
D) Urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy
boshqaruvga asoslangan edi
29. Turk xoqonligida ko'chmanchi chorvador aholi qanday
nom bilan yuritilgan?
A) “Ixshid” yoki “qizil ixshid”.
B) “Budun” yoki “qora budun”
C) “Majus” yoki “sariq majus”.
D) “Akkor” yoki “ko’k akkor”.
30. O’n o’q budun yoki elning hokimi qanday nom bilan
atalardi?
A) “Muqto” yoki “iqtodor”.
B) “Tavg’ach” yoki “bug’ro”.