Iste’molchi tanlovi masalasi. Iste’molchining naflik funksiyasi 2 ta tovar
uchun berilgan U(X1X2), daromadi R bo'lsa va P1 va P2 – 1-2-tovar narxlari ma’lum bo'lganda iste’molchi 1-2-tovardan shunday X1 va X2miqdorda sotib olsinki, ular iste’molchining naflik funksiyasini maksimal qiymatga erishishini ta’minlasin.
Engel chiziqlari – iste'mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi daromadining o'zgarishidan bog'liqligini ko’rsatuvchi chiziq.
Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar.
1. Ikkita X va Y tovarlarning naflik funksiyasi berilgan U=XY. Iste’molchi daromadi 1200 somga, tovarlar narxi esa 30 som va 40 somga teng bo'lsa, muvozanat tovarlar majmuasi va naflik qiymati aniqlansin.
Maksimal naflik qiymati
U = 20 × 15 = 300
Javob: X tovardan 20 birlik, Y tovardan 15 birlik va naflik 300 yutilga teng.
2. Naflik funksiyasi U = XY. Y tovar narxi 2 som, iste’molchi daromadi 40 somga teng. X tovarning narx 5 somdan, 4 somga pasaydi. Berilgan shartdan foydalanib almashtirish samarasi, daromad samarasi va umumiy samara topilsin.
X= 4 va Y =10. Birinchi naflik U= 40 birinchi befarqlik chizig'i tenglama orqali izohlanadi. Narx Px= 4 som bo'lganda 2Y+ 4X = 40ga teng bo'ladi.
U2= 10×5=50
Birinchi naflikni ta’minlovchi Y va X qiymatlarini topamiz.
C = 35,8; Y=8,95; X=4,47
Daromad samarasi (5-4,47) =0,53
Almashtirish samarasi (4,47-4) =0,47
Umumiy samara (5-4) =1
Ikkinchi usulda birinchi befarqlik chiziq tenglamasi, ya’ni hosila olib, uni yangi narxlar nisbatiga tenglashtiramiz.
3. Nurmuhammadning 2 ta oti va 3 ta sigiri bor. Ot narxi sigir narxiga teng. Ot va sigirning chekli nafliklari quyidagi jadvalda berilgan. Muvozanat majmua miqdori aniqlansin.