74-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash



Yüklə 16,83 Kb.
tarix17.02.2023
ölçüsü16,83 Kb.
#84764
Taraqqiyot strategiyasi bo\'yicha


74-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash.
1.Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishMadaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar tarkibiga Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasini qo‘shish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.
2.Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash. Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2022 — 2024-yillarda millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish.
3.Turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyg‘usini mustahkamlash. Turli millat yoshlari bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
4. Xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish. 1. “O’zbekiston”, “Zvezda Vostoka” va “Amudaryo” jurnallari, “Yerkin Qaraqalpaqstan”, “Nurli jol”, “Ovozi tojik”, “Mekan” va “Dostuk” gazetalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash.2. Sohaga oid materiallarni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha tanlovlar, grantlar tashkil etish va o‘tkazish.3. Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlarni press-turlarda ishtirok etish, ularga beriladigan ijtimoiy buyurtmalarni qoplash tartibini belgilash.
5. Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do‘stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish. Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do‘stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

Murodillayev Temurbek
Yüklə 16,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin