8-§. Insonparvarlik prinsipi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi



Yüklə 12,21 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü12,21 Kb.
#175771

8-§. INSONPARVARLIK PRINSIPI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI
Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, qonun tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, asosiy qonunda jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan.
Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
36
Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadi- lar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini qat’iy belgilabgina qolmay, uning sha’ni va obro‘yini ham muhofaza etadi.
Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashi- ga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan insonparvarlik prinsiplariga ko‘ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xiz- mat qilmoqda, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minla- moqda. Bu esa xalqaro huquqning umume’tirof etilgan, umumjahon miqyosida tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to‘la mos keladi.
XALQ HOKIMIYATCHILIGI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyati- ning birdan-bir manbayidir. Demos (yunoncha) – «xalq», kratos – «boshqaruv» de- gan ma’noni bildiradi. Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettira- di. Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning davlat ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respubli- ka Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli.
Bevosita demokratiya shakllari xalq suverenitetining aniq ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va boshqa ijtimoiy hokimiyatlar xalq irodasiga bilvo- sita xizmat qilsa, bevosita demokratiya shakllari, ya’ni referendum va xalq mu- hokamasi kabi siyosiy tadbirlar xalq hokimiyatchiligining negizi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-av- gustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi bekor qilindi.
37
Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq man- faatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hoki- miyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvo- ziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qo- nunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 7-modda
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlari- ni himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo‘lib, mazmunan yan- gi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaat- lari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish uchun asos bo‘ladi.
FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir.
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy man- faatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy ja- rayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifo- dalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl- lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konsti-
38
tutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Vako- latli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish — bu fuqaro- larning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri bo‘lib, bu huquq — fuqarolarning siyosiy faolligini namoyon qilishlarini, shuningdek o‘zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vosi- talaridan biridir.
FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCH VA MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini, balki ularning majburiyatlarini ham belgilaydi.
Ijtimoiy hayot shunday tuzilganki, inson mutlaq erkinlikdan foydalana ol- maydi. Chunki jamiyatda yashar ekan, atrofidagi odamlarni hisobga olmay iloji yo‘q. Boshqa shaxslar manfaatlariga zid qo‘llanilgan erkinlik ushbu shaxslar- ga muayyan zarar yetkazadi. Aynan shuning uchun O‘zbekiston Respublika- si Konstitutsiyasining 20-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy man- faatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart» ekanligi alohi- da ta’kidlangan. 47-moddaga muvofiq esa: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar».
Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko‘ra uch shaklda bo‘ladi:
– taklif;
– ariza;
– shikoyat.
Fuqarolarning murojaatlari, qanday shaklda, ya’ni ariza,
shikoyat yoki taklif shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, ular rasmiylashtiriladi.
39
1-topshiriq.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolar majburiyatlari to‘g‘risidagi moddalarini diqqat bilan o‘qing va nima uchun aynan ushbu majburiyatlar Konstitutsiyaga kiritil- gani haqida xulosa chiqaring.
48-modda. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
49-modda. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’na- viy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Mada- niyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
51-modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2-topshiriq.
Konstitutsiyaning 19-moddasi amalda qanday bajarilayot- ganini misollarda ko‘rsating: «O‘zbekiston Respublikasi fuqa- rosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qo- nunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz- dir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas».
Bilimingizni sinang!
1. «Davlatda inson eng oliy qadriyatdir» hikmatini qanday tushunasiz?
2. Huquqiy me‘yor nimaga xizmat qiladi?
3. Huquq qanday vazifalarni bajaradi?
4. Shaxsning konstitutsiyaviy maqomi asoslarini qanday tamoyil-
lar tashkil qiladi?
5. Fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatlarini sanab o‘ting
Yüklə 12,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin