O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi
10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 8-mavzu
Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, qonun tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, asosiy qonunda jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan.
Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashiga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan insonparvarlik prinsiplariga ko‘ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir manbayidir. Demos (yunoncha) – «xalq», kratos – «boshqaruv» degan ma’noni bildiradi.
Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir.
Demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettiradi.
Vakillik demokratiyasi — insonning davlat ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishidir.
Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini
boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir.
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.