8 – Mavzu: Sayrlarda bolalar o’yinlarini tashkil qilish, tarbiyachining rahbarligi



Yüklə 21,67 Kb.
tarix25.11.2022
ölçüsü21,67 Kb.
#70458
tabiat


8 – Mavzu: Sayrlarda bolalar o’yinlarini tashkil qilish, tarbiyachining rahbarligi

Reja: 1) Bolalar o’yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi.


2) Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarligi

O’yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil yetilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.


Pedagog bolalar o’yinini tashkil yetar yekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi zarur: o’yin mazmuni ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga yega bo’lishi, aks yettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to’gri va to’la bo’lishi; o’yin harakatlari faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga yega bo’lishi kerak; hamma va ayrim bolalarning qiziqishla-rini e’tiborga olgan holda o’yniga rahbarlik qilish; o’yinchoqlar va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o’yinda xayrixoh va xursand bo’lishlarini ta’minlash lozim.
Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar yekan, bola shaxsining hamma tomonlariga: ongiga, his-tuygulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir yetishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim.
O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O’yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o’zining butun diqqatini o’yinga qaratishi lozim. Bola o’ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to’grisidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.
Shunday qilib, o’yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to’gri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi. Tarbiyachi o’yin orqali bolalarda ona-vatanga, o’z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to’grilik, o’zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
O’yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga xos maktabdir. O’yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini, jamiyat mulkiga, boshqalarga munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rganadilar.
Ammo o’yinga to’gri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o’yindan keng foydalanadi. Juda ko’pchilik o’yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab yetadi, bu yesa o’z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to’gri o’sishini, harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta’minlaydi. Ammo o’yin pedagogning rahbarligisiz o’z-o’zidan jismoniy tarbiya vositasi bo’lolmaydi, chunki ortiqcha harakat qilib yuborish yoki uzoq vaqt bir vaziyatda o’tirish
bolaning sogligiga zarar keltirishi mumkin. Bundan tashqari, o’yin paytida gigienik shart-sharoit tugdirish uchun alohida gamxo’rlik qilish lozim.
O’yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu yesa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O’yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks yettiradilar.
O’yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari — xayol juda katta ahamiyatga yega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda avval o’rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
Bolalar hayotini tashkil yetishda o’yinning roli. O’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o’yinini oqilona tashkil yeta olsagina u ijobiy natijalarga yerishishi mumkin. A. P. Usova shunday degan yedi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’gri tashkil yetish — ularni to’gri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o’yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o’yinda bola yashashni o’rgapmaydi, balki o’z hayoti bilan yashaydi».
O’yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga yega. Nonushta bilan mashgulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8—10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom yettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat—1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, qo’girchoqlar bilan, stol usti
o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. Shu bilan birga yermak o’yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bogliqlik bola ulgaygan sari o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashgulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq uygonib qoladi.
Ammo bolalar uchun o’yinning qadri yo’qolmaydi, balki mazmuni o’zgaradi. yendi bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab yetuvchi o’yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o’yinlar qiziqtira boshlaydi.
Pedagogika fani o’yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O’yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko’nikmalari, harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini yegallab oladilar. O’yinda bolaning o’z tengdoshlari va kattalar bilan bo’ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin