4
Havo mikroflorasining tarkibi.
Havoga mikroorganizmlar asosan tuprokdan,
hamda o‘simlik, hayvon va insonlardan tushadi. Tevarak
atrofimizdagi havoda
ma’lum miqdorda mikroorganizmlar doimo bo‘ladi. Mikroorganizmlar juda engil
bo‘lganidan havoda chang bilan birga muallaq holatda turaveradi.
Havoda mikroblar ko‘paya olmaydi, chunki namlik, ozuqa etishmasligi sababli
va quyosh nurlari mikroblarga halokatli ta’sir etadi. Lekin
havoda mikroblar hayot
qobiliyatini vaqtincha saqlab turaveradi. Ba’zi mikroblar quruqlik va quyosh
radiatsiyasi ta’sirida halok bo‘ladi.
Havo mikroflorasi doimiy bo‘lmay,
shu joydagi er mikroflorasiga, iqlim
sharoitiga, yil fasliga va boshqa omillarga qarab o‘zgaradi. Er yuzidan havoga qancha
ko‘p chang ko‘tarilsa, unda mikroblar o‘shancha ko‘p bo‘ladi.
Aholi zich
yashaydigan joylar va ayniqsa yirik shaharlarning havosida mikroorganizmlar xiyla
ko‘proq, qishloq joylarning havosida esa xiyla kamroq bo‘ladi. Tog‘ havosida,
dengizlar
ustidagi havoda, Arktnka va Antarktikaning bepoyon muzlari ustidagi
havoda mikroblar juda kam. YUqori tog‘lar cho‘qqilaridagi erimaydigan qor va muz
ustidagi havo toza , sterilga yaqinidir.
Havodagi mikroorganizmlar miqdori
aholi yashaydigan joylardan
uzoklashgan sayin anchagina kamayib boradi. Mikroorganizmlar soni
vertikal bo‘yicha o‘zgaradi, E.N.Mishustinning tadqikotlari bo‘yicha
Moskva
ustidagi 1ml havoda 500m balandlikda 2-3 bakteriya, 1000m balandlikda 1,5
bakteriyaga to‘g‘ri kelsa, 2000 m balandliqda 0,5 bakteriya to‘g‘ri keladi.
Hatto
stratosferada, ya’ni dengiz sathidan 9-11 km balandliqdagi atmosfera
qatlamlarida ham mikroorganizmlar topiladi. Lekin stratosferada mikroblar juda
kam.
YAshil o‘simliklarning havo mikroflorasiga ta’siri kattadir.
O‘simliklar barglari chang va mikroorganizmlarni o‘zida
tutib qolish
qobiliyatiga egadir. Undan tashqari o‘simliklarning fitonsidlari
mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: