3
Er osti suvlari (artezian, buloq, er osti suvlari) mikroflorasining tarkibi suv
joylashgan chuqurlikka, tashqi muhitdan iflos tushishidan himoya etilganligiga
bog‘liqdir. Artezian suv qatlami juda chuqur joylashgani
tufayli ularda kam
mikroorganizm bo‘ladi. CHuqur bo‘lmagan suv qatlamlaridan oddiy quduqlar orqali
olinadigan er osti suvlarida ko‘p miqdorda bakteriyalar, shular jumlasidan kasal
keltiruvchilari ham bo‘lishi mumkin., chunki, ular yuzadagi ifloslar bilan sizib o‘tadi.
YUzaki ifloslar bu ochiq suv havzalarining (daryo, ko‘l, suv
omborlari va boshqa) suvlardir. Ularning mikroflorasi g‘oyat turli va suvning
kimyoviy tarkibi , qirg‘oq bo‘yi aholisining zichligi, yil fasli, meteorologik va boshqa
sharoitlarga bog‘liqdir. YAna yuzaki suvlarga tashqaridan ko‘p
mikroorganizmlar
tushadi. Xo‘jalik-maishiy oqava suvlar ochiq suv havzalariga tushganda suvning
tarkibi va mikroflorasi ayniqsa o‘zgaradi. Suvga patogen mikroorganizmlar ham
tushishi mumkin. Ular uzoq vaqt (xaftalab, oylab) suvda virulentligini yo‘qotmaydi.
YUzaki va suv osti suvlaridan ichimlik suvi tayyorlanadi. Suvni gozalashning
birinchi bosqichi suvni maxsus tindirgichlarda tindirishdan iborat. Suvda kalqib
yurgan
zarralar, ular bilan birga mikroblar ham havza tubiga cho‘kadi. Natijada
suvdagi mikrobar miqdori 70-75 % kamayadi.
Suvni ko‘proq tidirish uchun ko‘pincha alyuminiy va temir tuzlari yordamida
koagulyasiya qilinadi. Suvda reaksiya ro‘y berib, pag‘a pag‘alar hosil bo‘ladi, bular
suvda qalqib yurgan zarralarni va mikrorganizmlarni o‘zi bilan birga cho‘kmaga olib
tushadi. Bunda mikrorganizmlar miqdori taxminan 90% kamayadi.
So‘ng, suv kvars qumli filtrlardan o‘tkaziladi. Suvdagi mikroblarning 99%
gachasi filtrlarda ushlanib qoladi. Filtrlangan suvda oz
miqdorda mikroblar baribir
qoladi., ular orasida patoogenlari bo‘lishi mumkin. SHuning uchun suvni xlorlash
usuli bilan dizinfeksiya qilinadi. Odatda gaz holatdagi xlor yoki boshqa tarkibida xlor
bo‘lgan moddalar ( xlorli ohak, xloramin, gipoxloridlar) qo‘llaniladi.
Xlor juda oz konsentratsiyada ham (mg/l qismi) ko‘pchilik mikroorganizmlarni
o‘ldiradi. Bakteriyalarning sporalari xlorga vegetativ hujayralardan ko‘ra chidamliroq
bo‘ladi.
Suv bilan ta’minlash amaliyotiga suv dizinfeksiyasining yangi usullari joriy
qilinmokda: ozonlash va bakteritsid ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Ozonlash
bakteritsid ta’siridan tashqari suvning hidi va ta’mini yaxshilaydi.
Ichimlik suvning
sifatini baholash kimyoviy, bakteriologik va organoleptik
ko‘rsatkichlar kompleksi asosida olib boriladi.
Bakteriyalarning umumiy soni 1sm
Z
miqdordagi suvda 100 hujayradan oshmasligi
kerak. Ichak tayoqchalarining soni ( koli-indeks) 1l. suvda 3 donadan ko‘p
bo‘lmasligi, koli-titr esa 300sm
Z
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: