8- mavzu: Tuproq, suv, havo mikroflorasi Asosiy savollar: 1


  Havo mikroflorasining tarkibi



Yüklə 47,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü47,09 Kb.
#211400
1   2   3   4
portal.guldu.uz-Tuproq, suv va havo mikroflorasi

 



Havo mikroflorasining tarkibi. 
Havoga mikroorganizmlar asosan tuprokdan, 
hamda o‘simlik, hayvon va insonlardan tushadi. Tevarak atrofimizdagi havoda 
ma’lum miqdorda mikroorganizmlar doimo bo‘ladi. Mikroorganizmlar juda engil 
bo‘lganidan havoda chang bilan birga muallaq holatda turaveradi. 
Havoda mikroblar ko‘paya olmaydi, chunki namlik, ozuqa etishmasligi sababli 
va quyosh nurlari mikroblarga halokatli ta’sir etadi. Lekin havoda mikroblar hayot 
qobiliyatini vaqtincha saqlab turaveradi. Ba’zi mikroblar quruqlik va quyosh 
radiatsiyasi ta’sirida halok bo‘ladi. 
Havo mikroflorasi doimiy bo‘lmay, shu joydagi er mikroflorasiga, iqlim 
sharoitiga, yil fasliga va boshqa omillarga qarab o‘zgaradi. Er yuzidan havoga qancha 
ko‘p chang ko‘tarilsa, unda mikroblar o‘shancha ko‘p bo‘ladi. Aholi zich 
yashaydigan joylar va ayniqsa yirik shaharlarning havosida mikroorganizmlar xiyla 
ko‘proq, qishloq joylarning havosida esa xiyla kamroq bo‘ladi. Tog‘ havosida, 
dengizlar ustidagi havoda, Arktnka va Antarktikaning bepoyon muzlari ustidagi 
havoda mikroblar juda kam. YUqori tog‘lar cho‘qqilaridagi erimaydigan qor va muz 
ustidagi havo toza , sterilga yaqinidir. 
Havodagi mikroorganizmlar miqdori aholi yashaydigan joylardan 
uzoklashgan sayin anchagina kamayib boradi. Mikroorganizmlar soni
vertikal bo‘yicha o‘zgaradi, E.N.Mishustinning tadqikotlari bo‘yicha Moskva 
ustidagi 1ml havoda 500m balandlikda 2-3 bakteriya, 1000m balandlikda 1,5 
bakteriyaga to‘g‘ri kelsa, 2000 m balandliqda 0,5 bakteriya to‘g‘ri keladi. Hatto
stratosferada, ya’ni dengiz sathidan 9-11 km balandliqdagi atmosfera
qatlamlarida ham mikroorganizmlar topiladi. Lekin stratosferada mikroblar juda 
kam. 
YAshil o‘simliklarning havo mikroflorasiga ta’siri kattadir. 
O‘simliklar barglari chang va mikroorganizmlarni o‘zida tutib qolish 
qobiliyatiga egadir. Undan tashqari o‘simliklarning fitonsidlari
mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 47,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin