8- mavzu: Tuproq, suv, havo mikroflorasi Asosiy savollar: 1



Yüklə 47,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü47,09 Kb.
#211400
  1   2   3   4
portal.guldu.uz-Tuproq, suv va havo mikroflorasi




8- MAVZU: Tuproq, suv, havo mikroflorasi 
 
Asosiy savollar: 
1.
 
Tuproq mikroflorasi. 
 
2.
Suv mikroflorasi 
3.
Havo mikroflorasi 
4.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
simbioz, metabioz, parazitizm
antagonizm, antibiotik, bakteriostatik, fungistatik, bakteritsid, fungitsid, fitonsid, 
assotsiatsiya.
1-savol bayoni:
Tuproq mikroflorasi. 
Hamma tabiiy muhitlar ichida tuproq 
mikroorganizmning rivojlanishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. Tuprokda 
mikroblarga zarur ozuqa moddalar, namlik, muhit reaksiyasi, kislorod doimo mavjud 
bo‘ladi. Tuproq mikroorganizmni tik quyosh nurlarining va quritishning halokatli 
ta’siridan yaxshi saqlaydi. Tik quyosh nurlari tuproqning bir necha mm qalinlikdagi 
yuza qatlamlariga ta’sir etadi , xolos. SHu sababli tuproqda turli mikroorganizm: 
oddiylar, mikroskopik suv o‘tlari, aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘lari, 
bakteriyalar, achitqilar va boshqalar to‘lib-toshib yotibdi. Tuprokda ayniqsa 
nitrifikatsiya bakteriyalari, chirituvchi va moy kislotali bakteriyalar ko‘p. 
Mikroorganizmlar oqsil, mochevina va yog‘ni parchalaydilar, havo azotini 
o‘zlashtiradilar, nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlarini bajaradilar. 
Hosildor tuproqning 1g da mikroblar soni bir necha milliardga boradi. Erning 
1ga haydaladigan qatlamida mikroorganizmlarning soni 10 t ga etadi. 
Tuproqdagi mikroorganizmlarning tarkibi va miqdoriga iqlim sharoiti, yil fasli, 
o‘simlik qoplami va boshqa omillar ham ta’sir etadi. 
Mikroorganizmlar tuproqning yuzidan ichkariga tomon, ya’ni vertikal chiziq 
bo‘yicha tekis taqsimlangan emas. Tuproqning bir necha mm qalinlikdagi eng ustki 
qatlamida mikroblar kamroq. chunki tik oftob nurlari bu qatlam mikroorganizmlariga 
salbiy ta’sir etadi. Tuproqning keyingi 5-10 sm qatlamida mikroorganizmlar ayniqsa 
ko‘p rojlangan. Tuproqning 1-2sm yuza qavatidagi mikroorganizmlar 25 m 
chuqurlikdagi qavatga nisbatan 10-20 barobar ko‘proqdir. Tuproq qatlami 
chuqurlashgan sari mikroorganizmlar soni kamayadi. 
O‘simlik va hayvon qoldiqlari bo‘lgan, shuningdek havo bemalol tegib 
turadigan tuproqning yuza qavatlarida murakkab organik birikmalarni
 
parchalay 
oladigan aerob mikroorganizmlar ko‘proq. Tuproqning chuqurroq qavatlarida organik 
birikmalar va havo kamroq, shuning uchun ham bu qavatlarda anaerob bakteriyalar 
ko‘proq. 
Tuproq mikroorganizmning faqat yashash muhitigia emas, u hayot 
faoliyatining mahsuloti xam ekanligini S.P. Kostuchev isbotlab bergan. Tuproq 



birinchi mikroorganizmlar paydo bo‘lganida ularning ta’siri tufayli hosil bo‘lgan. 
Qaqir qoyalarda o‘rnashib ularni mikroblar nordon metabolitlari yordamida 
parchalaganlar, o‘lchaganlarida esa hujayralarning organik qoldiqlarida suv o‘tlari va 
lishaylar rivojlanishiga sharoit yaratilgan. SHunday qilib, tuproqning yangi hislati 
hosildorlik paydo bo‘ldi. 
Mikroorganizmlar hayot faoliyatining natijasida hosil bo‘ladigan chirindi 
borligiga tuproq hosildorligi bog‘liq bo‘ladi. 
Tuprokda qoqshol, gangrena, kuydirgi, botulizm va boshqa ksalliklarga sabab 
bo‘ladigan mikrorganizmlar ham bo‘lishi mumkin. Demak, oziq-ovqatni tuproq bilan 
ifloslanishi katta xavf tug‘diradi. 
Dehqonchilik mahsulotlaridan sabzavot va ho‘l meva tuproq bilan ko‘proq 
ifloslanadi. Sabzavot va ho‘l mevani xomligicha iste’mol qilishdan oldin toza suvda 
yaxshilab yuvish kerak, aks xolda kasallik chaqiruvchi mikroblar, shuningdek, gijja 
(parazit chuvalchanglar) tuxumlari bilan odam organizmiga kirib, kasal qilishi 
mumkin. 
Non, go‘sht, baliq va shunga o‘xshash oziq-ovqat pala-partish tashilganda
saqlanganda tuproq zarralari shu oziq-ovqatga ham tegishi mumkin. Bunga yo‘l 
quymaslik uchun oziq-ovqatni tashish yoki saqlashda sanitariya qoidalariga rioya 
qilish juda muhimdir. 

Yüklə 47,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin