8 – sinf o’zbekiston tarixi


- §. Qoraqalpoq xalqi madaniyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə36/51
tarix27.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#199650
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
8-o\'zbek

30- §. Qoraqalpoq xalqi madaniyati
Turmush tarzi. Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko’chmanchilik turmush tarzidan o’troqlikka o’tish jarayonini boshidan kechirdilar. Aholining asosiy qismi o’tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik qo’rg’on (qal'a) va shaharlar vujudga keladi. Qo’rg’onlarning to’rt tomoni devor yoki baland tepalar bilan o’rab ohnardi. Qoraqalpoqlar bir necha urug’lardan shakllangan bo’lib, har urug’ a'zosi o’z urag'ining mustahkamligini ta'minlashga intilardi. Bir urug’ ichida qiz olish, qiz berish taqiqlangan edi. Shu boisdan boshqa urug’dan qiz olib qochish odatiy hodisa hisoblanardi. Ma'lum vaqt o’tgach qiz olib ketilgan joy ma'lum qihnib, qiz tomonning ota-onasi, yaqin qarindoshlari va urug’ oqsoqoh turli sarpolar bilan siylanib, to’yga rozilik olinardi. Urug’ ruhoniysi kelin-kuyovni nikohlab qo’yardi. To’yda baxshilar dostonlardan qo’shiqlar kuylashardi, aytishuvlar ayjiga chiqardi. Polvonlar va botirlar kurashga tushardi. Islom dini qoraqaJpoqlarning rasmiy dini edi. Aholi orasida turli yo’nalishdagi tasavvuf tariqatlari keng tarqalgan edi. Eshon, pir, avliyo, vahy nomlari bilan ataluvchi tasavvuflar insonni ruhiy va axloqiy komillikka da'vat etardilar. Ayrim tariqatchilar tomonidan turmush tashvishlaridan voz kechishni, kambag’alhkka qanoat qilishni, o’z ixtiyorini pirga topshirishni targ’ib qilish hollari ham kuzatilardi. Shaharlar. Qoraqalpoqlar Qo’ng’irot, Chimboy, Xo’jayli kabi yirik shaharlarni bunyod etganlar. Shulardan Qo’ng’irot va Chimboy qoraqalpoqlarning ma'muriy markazlari bo’lgan. XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida barpo etilgan. Xo’jayli shahri Orol va Xiva orahg’idagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaharda joylashgan. Shaharlar o’g’ir mehnat evaziga baland devorlar bilan o’rab olingan, shahar ichkarisida ko’rkam binolar, saroylar barpo etilgan. Janaqal’a, Oydo’stqal'a, Ernazarqal'a, Ko’ko’zakqal'a, Eshon-qal'a kabi qal'a shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan me'morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi. Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshonqal’ada madrasalar mavjud bo’lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o’rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta'lim olganlar.
Fol’klor. Qoraqalpoqlarning xalq og’zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so’z ustalari bo’lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larini sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O’zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi - O’mirbek laqqisi bor. O’mirbek laqqi o’z og’zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so’zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to’g’rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U o’z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan malum. Ulardan „Qirqqiz", „Alpomis", „Qo’blan", „Mastposhsho", „Edigey" dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, „Edigey" dostonida Amir Temur, To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon etilsa, „Qirqqiz"da qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung’or qalmoqlariga qarshi ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o’z badiiy ifodasini topgan. Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el-yurt yo’lboshchilari, qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar ulug’lanadi. Qozoq ma'rifatparvar olimi Cho’qon Valixonovning: „Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir, shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar", degan so’zlari bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagj tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan „Qirqqiz" dostoni alohida o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qahramonlik eposidir. Bu doston atoqli xalqbaxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi Tojiboy o’g’lidan 1939- 1940- yillarda yozib olingan. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Asarning bosh qahramoni Guloyim o’zining qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda jung’or xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy, o’tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik g’oyalari o’z ifodasini topgan.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin