8 – sinf o’zbekiston tarixi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə30/51
tarix27.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#199650
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
8-o\'zbek

S. Sialkovskiy va V. Perovskiy ekspedisiyalari. Rossiya hukumati savdo karvonlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida qo’riqchi harbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824- yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamrohligida yo’lga chiqdi. Bu savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825- yilning yanvar oyida karvon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo’shini Buxoroga olib boradigan savdo yo’lini bekitib qo’ydi. Bu hodisa Rossiya-Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfini tug’dirdi. Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o’g’li Olloqulixon o’tirdi. U Xiva- Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. 1826-1829- yillardagi Eron - Rossiyava 1828-1829- yillardagi Rossiya-Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o’zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi O’rta Osiyo xonliklariga suqulib kira boshiadi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to’ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday paytda O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo-sotiqni har qachongidan ko’ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya hukumati rus asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya hukumati Xiva xonligiga nisbatan o’z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi, u keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham talab eta boshladi. Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy yo’l bilan tartibga solish yo’lini tanladi. Shu maqsadda 1839- yildaV. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi. Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to’p va yuk ortilgan o’n ming tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug’i, oziq-ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko’rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo’ldi. U 1840- yilning iyun oyidagina Orenburgga qaytib kela oldi. Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo’lini axtarishga majbur etdi.
Josus Jeyms Abbot. Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat boshladi. Chunonchi, 1840- yilda Xivaga kapitan Jeyms Abbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga da'vat etdi. U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo’lganjoylarni aniqlash bo’yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya harbiylari tomonidan asir olindi va Peterburgga jo’natildi. U yerdan Londonga jo’natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va Rossiya o’rtasida harbiy harakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga erisha olmadi. „Majburiyatlar akti".Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi. Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o’g’li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842- yilning 27- dekabiida Xiva-Rossiya o’rtasida „Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolandi. Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do’stlik munosabatida bo’lishi e'lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo’l qo’ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi. Shuningdek, ikki davlat o’rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e'tibor berildi. Chunonchi, boj to’lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo’yildi. Biroq „Majburiyatlar akti" qog’ozda qolib ketdi. O’zaro munosabatlar keskinlashib bordi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin