8- variant Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘likliklar turlari
4. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti. Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:
Tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy modelning bir qismi bo‘lib qoladi;tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi.
Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bir nechta omillar, ya’ni ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadilar. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan bog‘langan.
Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:
Y= f(OPF, PPP),
PPP = f(L), OPF = f(KK),
bu yerda Y - asosiy ko‘rsatkich, PPP - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital qo‘yilmalar.
tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanishi borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanishini borligini ham tahlil qilish mumkin (t-1).