Bevosita kuzatish – bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko‘rib, sanab, tortib va o‘lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi.
2. Hujjatli kuzatish – zarur bo‘lgan ma’lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko‘pincha hisobot usuli deb yuritiladi.
3. Savol-javob yo‘li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o‘zi ikkiga bo‘linadi:
1. Og‘zaki usul (ekspeditsion).
2. O‘z-o‘zini regitratsiya qilish usuli.
Og‘zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro‘yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida shu usul qo‘llangan. O‘z-o‘zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng to‘ldirilgan varaqalarni yig‘ishtirib oladilar. Varaqalarni to‘ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma’lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho‘jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro‘yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro‘yxati) o‘tkazishda qo‘llanadi.
4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma’lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi.
8.2Joriy maxsus tekshirishlar - bu maxsus respondentlarni yollab hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yo‘li bilan to‘plash jarayonidir.
Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o‘rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to‘plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy ho‘jaliklari budjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo‘jaligi (fermer xo‘jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo‘lishi mumkin.
Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o‘rganishda qo‘llanadi.
9.1uzatish xatolari-bu ma’lumotlarni to‘plash jarayoniga xos xatolardir
Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo‘ladi.
Kuzatish xatolari ikki turga bo‘linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar.
Muntazam xatolar o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: a) o‘lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari.
Qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g‘arazli va g‘arazsiz bo‘ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko‘zlaydi. Beg‘araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo‘riqnomalarni umumiy ko‘rinishda mujmal bayon etilishidan va kuzatuvchilarning ishini osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. Shu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi.
Reprezentativlik xatosi - bu bosh va tanlama to‘plam umulashtiruvchi ko‘rsatkichlari orasidagi farqdir.
Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to‘plamning aynan shunday haqiqiy ko‘rsatkichlaridan farqi tushuniladi.
Kuzatish natijalarini qabul qilish jarayonida ma’lumotlar har taraflama tekshiriladi.
Arifmetik tekshirish - bu o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarni miqdoran nazorat qilish.
Dastlab ma’lumotlarni arifmetik jihatdan to‘g‘riligi tekshiriladi. Bunda murakkab jamlama ko‘rsatkichlar tuzilish, o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar esa bog‘lanish jihatidan arifmetik amallar yordamida (qo‘shish, bo‘lish va h.k.) tekshiriladi. Shu bilan birga istiqbolda ko‘zlangan daraja va oldingi davrda erishilgan natijalar bilan taqqoslab ham tekshirish amalga oshiriladi.
Mantiqiy nazorat - bu kuzatish materiallarini hodisaning mohiyatiga qanchalik mosligini belgilashdir.
Ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki to‘g‘rimasligini aniqlashda mantiqiy nazorat alohida ahamiyatga ega. Mantiqiy nazorat deganda kuzatish materiallarini mazmunan tekshirish tushuniladi. Ular qanchalik xodisa mohiyatiga mos kelishi belgilanadi. Bunda ma’lumotlarda qarama-qarshilik bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |