8. 1Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi



Yüklə 28,52 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü28,52 Kb.
#205621
1   2   3
8.docxstat

9.2Mutlaq ko‘rsatkichlar o‘rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o‘xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko‘lami, soni, hajmi, darajasi makon va zamonda taqsimlanish shaklida namoyon bo‘ladi. Mutlaq miqdorlar hodisalar to‘plami yoki bir butun qismini ta’riflashiga qarab makro va mikro ko‘rsatkichlarga, olish usuliga asosan oqim va zahiraviy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Oqim ko‘rsatkichlari ma’lum davr davomida sodir bo‘lgan hodisalarning absolut miqdorini ta’riflaydi, zahiraviy ko‘rsatkichlar esa ularning muayyan holatini, ayni fursatda mavjud bo‘lgan miqdorini aniqlaydi. Masalan, 2005 yilda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida 15,1 trln. so‘mlik yalpi ichki mahsulot yaratilgan, ulardan 10,4 trillion so‘m pirovard iste’mol va 4,7 trillion so‘m iqtisodiy aktivlarni jamg‘arish uchun ishlatilgan.1 Absolut miqdorlar natura va shartli natura birliklarida va pulda ifodalanadi. Natura birliklari uzunlik, og‘irlik, yuza va hajm birliklardan iborat bo‘lib, ular hodisalarining jismoniy tabiati va o‘rganishda ko‘zlangan maqsadga qarab qo‘llanadi. Ammo bu holda bir jinsli hodisalarning sifat tomoni hisobga olinmaydi. Shartli natura birliklari iste’mol qiymatlari bir xil bo‘lgan, ammo sifat belgilari bilan keng ko‘lamda farqlanuvchi hodisalarni miqdoriy o‘lchashda ishlatiladi. Buning uchun bir jinsli hodisalarning eng muhim belgisiga qarab shartli birlik qabul qilinadi va unga boshqa hodisalarni ushbu qiymatlari orasidagi nisbatlarga asosan keltirish koeffitsiyentlari tuziladi. Bu koeffitsiyentlarga tegishli hodisalarning jismoniy sonini ko‘paytirib, ularning shartli-natura birliklarida ifodalangan umumiy miqdori aniqlanadi.


Shartli natura o‘lchov birliklari yordamida har xil jinsli (turli) hodisalarni o‘lchab bo‘lmaydi, chunki bu holda ular uchun umumiy muhim belgi topilmaydi, demak aylantirish koefitsyentlarini tuzib bo‘lmaydi. Bunday hollarda hodisalarning umumiy miqdori pulda bozor baholari yordamida ifodalanadi.
10.2 Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo‘llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari birma-bir ro‘yxat ko‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida o‘rganilayotgan obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo‘ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo‘la oladi. Bu jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo‘lib, ko‘rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir.
Jadvalning ega qismida o‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo‘yicha guruhlaganda ularni to‘liq o‘rganishning iloji bo‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Buning uchun, avval o‘rganilayotgan hodisa to‘plami bir belgisi bo‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo‘yicha kichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning o‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va to‘la yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)
Voqea va hodisalarni o‘rganish jarayonida va qo‘yilgan vazifalarga qarab ega va kesim o‘z o‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak :
1. Jadvallar hajmi katta bo‘lmasligi kerak. Murakkab to‘plamlarni o‘rganishda jadval hajmini kattalashtirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan jadvallar bo‘lish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o‘qishga oson ko‘rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. Unda o‘rganilayotgan obyektning nomi, ma’lumotlar tegishli vaqt oralig‘i hamda joyi ko‘rsatilishi lozim.

  1. Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o‘tib borish tartibida joylashtirilishi lozim.

  1. Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo‘lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, ifodalash lozim.


  2. Kombinatsion jadval – bu ega qismida obyektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir
    Shartli alomatlarga e’tibor berish kerak. Zarur bo‘lganda ayrim ko‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo‘yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.

  3. Hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, jadvalda shu ko‘rsatkich o‘rniga “ma’lumot yo‘q” yoki nuqtalar (...) qo‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo‘lmagan bo‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.




1


Yüklə 28,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin