1. global (real, beliy, oq) 2. local (seriy) Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmay di va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.
Qolgan barcha ip manzillar glabal tarmoqda foydalaniladi. Kompyuterimizning IP manzilini aniqlash uchun Windows da ПУСК=>Выполнить..=>CMD=>IPCONFIG Windows IP Configuration. ОС Unix da, o'zining IP manzilini bilish uchun, buyruqlar satrida ipconfig buyrug'ini terib bilish mumkin. Domen nomidagi IP manzilni nslookup buyrug'i orqali bilish mumkin.
GSM-shlyuz — mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
IP-shlyuz — IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
IP-adres — TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida kompyuterlar yoki uzellarni identifikatsiyalaydigan noyob adres;
IP-televideniye (IPTV) — televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi, boshqa ma’lumotlar, IP protokoli asosidagi tarmoqlar ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interaktivlik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari;
IP-telefoniya — IP texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati;
SMS-shlyuz — mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar jo‘natish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita;
Wi-Fi xizmati tashkilotchisi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha o‘zlarining chetki uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi yoxud abonent — yuridik shaxs;