227
Taqdimotni saqlash muloqot oynasi
Hujjatni saqlash uchun birinchidan sahifani istagan usulda ko‘rish mumkin.
Ikkinchidan, taqdimotni onlayn shaklida ishga tushirish mumkin. Hujjatni PDF formatda ham
saqlash mumkin.
Yana bir saqlash usuli bu, taqdimotni kompyuterda avtonom ko`rinishda
saqlash.
Prezi dasturini ishga tushiring. Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang.
«Your Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.
Taqdimot uchun eskiz tanlanadi. Ish sohasiga xohlagan kadrlarni joylashtirng. Prezi
uchun dizayn tanlanadi. Taqdimot yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun taqdimotni oldindan
ko‘rish effektini tashkil etish lozim.
228
Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalar tanlab joylashtiriladi. Bu nuqtalar – kordinatsion
nuqtalar deb tasavvur qilinadi, har bir kadrni yaratganda shu nuqtalarga tayanib ish tutiladi.
Prezi dasturida taqdimot yo‘nalishli tarzda beriladi. Yo‘nalishda taqdimot bir kadrdan
ikkinchi kadrga o‘tishi ta’minlanadi.
Yo`nalish chiziqli ketma–ket harakat qilish o‘rniga, har xil tartibda harakatlanadi.
Taqdimot rejalashtirilgan vaqtda kamera eskiz bo‘ylab harakatlanadi. Prezi ob’yektlarni
kattalashitirish, kichiklashtirish va aylanish imkoniyatiga ega.