8-amaliy mashg‘ulot. Elektron taqdimotlarni yaratish texnologiyalari (Taqdimotni rejalashtirish. Taqdimotni yaratish. Taqdimotni tayyorlash) Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 30,66 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü30,66 Kb.
#169364
  1   2   3   4   5   6   7   8
8-amaliy mashg‘ulot. Elektron taqdimotlarni yaratish texnologiya-fayllar.org


8-amaliy mashg‘ulot. Elektron taqdimotlarni yaratish texnologiyalari


221
8-AMALIY MASHG‘ULOT. ELEKTRON TAQDIMOTLARNI YARATISH 


TEXNOLOGIYALARI (Taqdimotni rejalashtirish. Taqdimotni yaratish. Taqdimotni 
tayyorlash) 

Mashg‘ulotning maqsadi. Elektron taqdimotlarni yaratish texnologiyalarini o‘rganish
jarayonida taqdimotlarni rejalashtirish, yaratish, tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Amaliy mashg‘ulotning qisqacha bayoni 
POWER POINT DASTURI 
Kundalik hayotimizda biz ko‘pchilik hodisalar bilan tanishamiz bular inson ongida
turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o‘rab turgan olamning ongimizdagi
aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko‘rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka
harakat qiladi. Buning uchun esa u turli hil yo‘llarni o‘ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi
elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo‘li juda osonlashib qolgan. Elektron
qurilmalar va shu maqsadga yo‘naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday
maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point da dasturini ishlab
chiqargan. Bu dastur yuqorida aytib o‘tganimizdek turli xil grafik ko‘rinishdagi axborotlar bilan,
video multimedia fayllari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Aynan shu dastur orqali biz ofis
dasturlarining boshqalarida uchramaydigan imkoniyatlarga ega bo‘lamiz. Power Point dasturi
rasm va multimedia fayllari bilan ishlash imkoniyatidan tashqari ularni namoyish etishda ham
katta imkoniyatlarga ega. Power Point 2016 dasturini ishga tushirish uchun xuddi boshqa ofis
dasturlari singari Windows 8 muhitida ham «Пуск» menyusidan foydalaniladi. Bundan tashqari
ish stolining bo‘sh joyida sichqoncha o‘ng tugmasi bir marta bosiladi. Hosil bo‘lgan menyudan
«Создат» bo‘limi tanlanadi.
Natijada Power Point 2016 ning sarlavha eskisini tanlash oynasi hosil bo‘ladi. U boshqa
oldingi ofis dasturlaridan farqli ravishda quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.



222
Hosil bo‘lgan oynaning chap tomoniga e’tibor bering bu yerda dastlab yuqorida dastur


nomi va foydalanuvchi joriy holatgacha foydalangan hujjatlar ro‘yxati joylashadi. Oynaning
asosiy qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga tashkil etayotgan hujjat
yaratiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo‘lgan. Bulardan foydalanuvchi o‘ziga ma’qul
bo‘lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dasturining quyidagi ishchi sohasi namoyon
bo‘ladi.
Endi asosiy oynadagi elementlar bilan tanishamiz. Oynaning eng yuqori qismida
dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib turish elementlari joylashadi. Asosiy
menyu bu 9ta funksiyadan iborat menyulardan iborat. Asosiy menyuning yordamida
foydalanuvchi menyu yordamida bajariladigan barcha funksiyalarni amalga oshirish mumkin.
Ishchi oynasi asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Oynaning chap tomoni bu ishlanayotgan
taqdimot strukturalarining namayon bo‘lishini ko‘rish mumkin. O‘ng tomonida esa
yaratilayotgan taqdimotning joriy slaydi joylashadi. Taqdimot sozlamalarini foydalanuvchi
o‘ziga moslash uchun turli imkoniyatlarga ega buning uchun foydalanuvchi buyruqlar
bo‘limidan bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan menyudan



223
slaydalar sozlamalari bo‘limi tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil


bo‘ladi.
Endi esa dasturning asosiy imkoniyati bo‘lmish taqdimot yaratish bilan tanishsak.
Taqdimot yaratishning asosida albatta slaydlardan foydalaniladi. Ular tekst, grafik, ovozli va
videa malumot ko‘rinishida bo;lishi mumkin. Yangi taqdimot yaratish uchun quydagi amallar
Menyuda dasturning kerakli eskisi tanlanadi va natijada uning maketini tanlash muloqot
oynasi ochiladi. Bu oynaning chetlaridagi o‘tkazish tugmalari yordamida keyingi yoki oldingi
maketlarni ko‘rish imkoniyati bor. Maketning pastki qismi strelkalari esa maket holatini tanlaydi
va o‘zgartiradi. Misol uchun yuqoridagi maketning bir nechta shakli ham mavjud. Maketning
rasmli ko‘rinishlari ham mavjud bo‘lib ular foydalanuvchi xoxishiga ko‘ra almashtirilishi
mumkin.



224
Natijada ishchi sohada tanlangan maket hosil bo‘ladi. Foydalanuvchi bu buyruqni


klaviaturadan “Ctrl+N” kombinatsiyasi orqali ham hosil qilishi mumkin. Slaydlar bilan turli
amallarni bajarish mumkin. Yaratilayotgan taqdimot strukturalarini o‘zgartirish unga yangi slayd
qo‘shish va mavjud slaydlarni olib tashlash imkoniyatlari ham mavjud. Bu amallarni quydagicha
bajaramiz. Taqdimot strukturasini o‘zgartirish uchun uning joylashuv o‘rniga sichqoncha
ko‘rsatgichi olib boriladi va chap tugmasi bir marta bosilib turgan holda struktura ichidagi
o‘zgartirishimiz kerak bo‘lgan joyga olib boriladi, kerakli joyga olib kelgach tugmacha qo‘yib
yuboriladi, natijada ushbu slayd o‘rni tanlangan joyga almashib joylashadi. Strukturalar qatoriga
yangi slayd qo‘shish va mavjudlarini olib tashlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Slayd
qo‘shish- sichqoncha kursori aynan slayd qo‘shish kerak bo‘lgan joyga olib boriladi va kerakli
slayd ustida bir marta bosiladi natijada slayd joylashadi. So‘ngra sichqoncha o‘ng tugmasi bir
marta bosiladi va slayd hosil qilish buyrug‘i tanlanadi. Bundan tashqari slaydni «Вставка»
bo‘limi yordamida ham qo‘shish mumkin. Kerakli eskiz tanlangach ekranda quydagi ko‘rinish
hosil bo‘ladi.
Kerakli tekst tanlanadi. So‘ngra u slaydda aks etadi. Huddi shunday tarzda slaydlarga
diagrammalar joylashtirish amalga oshiriladi. Endi esa e’tiboringizni taqdimot ko‘rinish va
chiqishlari, animatsiyalar joylashtirishga qaratsak. Buning uchun joriy slayd tanlanadi va
menyular satridan АНИМАЦИЯ bo‘limi tanlanadi. Natijada oynada ushbu bo‘limning
menyulari paydo bo‘ladi. Slayddagi effect berilishi kerak bo‘lgan sahifa tanlanadi va belgilab
olinadi, natijada “animatsiya” bo‘limi faollashadi. Siz undan kerakli animatsiyani tanlab
joylashtirish mumkin.



225
Bularga qo‘shimcha ravishda har bir effect turiga qo‘shimcha effektlar kiritish ham


mumkin.



Yüklə 30,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin