8– amaliy mashg‟ulot ishi mavzu: noallel genlar o`zaro ta`sirining komplementar, epistatik, polimer tipiga doir masalalar yechish



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#166613
1   2   3   4
noallel genlar o`zaro ta`sirini

Komplementariya atamasi yunoncha (komplementar) so`zidan olingan bo`lib, to`ldiruvchi degan ma‘noni beradi. Genlarning
o`zaro komplementr ta‘sirini oshqovoq mevalari shaklining irsiylanish misolida ko`rib chiqing.
Oshqovoq o`simliklarining har xil shakldagi meva beruvchi navlari bor. Ular orasida yumaloq, gardishsimon, uzunchoq shaklli
mevaga ega bo`lganlari mavjud. Amalga oshirilgan maxsus genetik tahlil natijasida yumaloq shaklga ega bo`lgan navlari o`zaro,
shu belgi genotipi bo`yicha farq qilishi aniqlangan. Ularning genotiplari AAvv va aaVV har xil meva shakllarining rivojlanishiga
ta‘min etishlari mumkin ekanligi isbotlangan.Buning uchun yuqorida bayon etilgan meva shakli bir xil yumaloq, lekin genotiplari
har xil bo`lgan oshqovoq navlari chatishtirilib AaVv genotipiga ega bo`lgan F
1
duragaylari olindi. Ularda ota-ona o`simliklaridan
butunlay farq qiluvchi, yangi- gardishsimon shaklli meva rivojlanadi.F
1
o`simliklarning hammasi meva shakli bo`yicha bir xil edi
(Mendelning 1-qonuni). Bu duragay (F
1
) o`simliklarni o`z-o`ziga chatitirib olingan F
2
avlodidagi o`simliklarda belgilarning ajralishi
kuzatiladi. Meva shakli (fenotip)bo`yicha F
2
o`simliklarni quyidagi uchta guruhga bo`lish mumkin:
1.
yumaloq mevali
2.
gardishsimon mevali
3.
uzunchoq mevali o`simliklar
Ularning
miqdoriy nisbati 9:6:1 holatida bo`ldi. Bu fenotipik guruhlar
genotiplarini umumlashtirilgan holda F
2
quyidagicha ifodalanadi.
A-B-9 gardishsimon mevali o`simliklar; 
А bb  3
а BB
3 yumaloq mevali o`simliklar; 
aa-bb-1 uzunchoq mevali o`simliklar. 
 
Ishning borishi: Komplimentar tasir (Noallel genlarni o‟zaro ta‟siridan) 
1.
Odamda kar-soqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular retsessiv, autosomaga birikkan genlar bilan ifodalanadi.
Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo’yicha esa sog’ va geterozigotali bo’lsa,
ota-ona genotipi qanday bo’ladi?
A) AABb x aaBb B) aaBB x Aabb
C) aaBb x aaBb D) AaBb x AaBb
2.
Odamda kar-soqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular retsessiv, autosomaga birikkan genlar bilan ifodalanadi.
Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo’yicha esa sog’ va geterozigotali bo’lsa,
sog’lom bolalarning tug’ilish ehtimolini aniqlang.
A) 75% B) 0% C) 50% D) 25%
3.
Odamda karsoqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular retsessiv, autosomaga birikkan genlar bilan ifodalanadi.
Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo’yicha esa sog’ va geterozigotali bo’lsa,
kar-soqov bolaning tug’ilish ehtimolini aniqlang.

A) 100% B) 75% C) 25% D) 50%


4.
Odamda kar-soqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular autosomalarga birikkan retsessiv genlar bilan ifodalansa,
bu holda AaBb x AaBb genotipga ega bo’lgan ota-onalar avlodida fenotip bo’yicha qanday ajralish namoyon bo’ladi?
A) 3 sog’ : 1 kar B) 3 kar : 1 soqov
C) 9 sog’ : 7 kar-soqov D) 1 sog’ : 3 kar

5.
Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) retsessiv. Tajribada gomozigotali gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli


xo’rozlar bilan
chatishtirishdan olingan F1 duragaylarni o’zaro chatishtirishdan hosil bo’lgan F2 duragaylarining fenotip bo’yicha ajralish
nisbatini toping.
A)
1 ta gulsimon tojli, 1 ta oddiy tojli
B)
3 ta gulsimon tojli, 1 ta oddiy tojli
C)
1 ta gulsimon tojli, 3 ta oddiy tojli
D)
barchasi gulsimon tojli
6.
Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) retsessiv. Tajribada gomozigotali gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli
xo’rozlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylari bilan tahliliy chatishtirish o’tkazilsa, Fb da qanday xilma-xillik vujudga kelishini
aniqlang.
A)
50% gulsimon tojli, 50% oddiy tojli
B)
75% gulsimon tojli, 25% oddiy tojli
C)
25% gulsimon tojli, 75% oddiy tojli
D)
100% gulsimon tojli
7.
Oddiy tojli tovuqlar bilan digeterozigotali yong’oqsimon tojli xo’rozlar o’zaro chatishtirilganda fenotip bo’yicha qanday
ajralish namoyon bo’ladi?
A)
50% yong’oqsimon va 50% gulsimon tojli
B)
100% yong’oqsimon tojli
C)
50% yong’oqsimon va 50% no’xatsimon tojli
D)
25% yong’oqsimon, 25% gulsimon, 25% no’xatsimon, 25% oddiy tojli
8.
Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi.
F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda
olingan yumaloq mevali o’simliklarning nechtasi geterozigotali bo’ladi?
A) 100 B) 200 C) 50 D) 150
9.
Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi.
F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda
olingan yumaloq mevali o’simliklarning nechtasi gomozigotali bo’ladi?
A) 100 B) 200 C) 50 D) 150
10.
Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi.
F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda
olingan uzunchoq mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan?
A) aabb B) AaBb C) aaBB D) AAbb

Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin