8– AMALIY MASHG‟ULOT ISHI Mavzu: NOALLEL GENLAR O`ZARO TA`SIRINING KOMPLEMENTAR, EPISTATIK, POLIMER TIPIGA DOIR MASALALAR YECHISH. Amaliy mashg‟ulotning maqsadi: NOALLEL GENLAR O‘ZARO TA‘SIRINING KOMPLEMENTAR, EPISTATIK, POLIMER TIPIGA DOIR
MASALALAR YECHISHNI O‘RGANISH.
Kerakli jihozlar: Yorug‘lik mikroskopi, elektron mikroskop, tarqatma materiallar, tayyor preparatlar, pinnet katakchasi, buyum
va qoplag‘ich oynalar, qalamlar, albom, tablitsalar.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Allel genlarning o‘zaro ta‘sir xillariga ko‘ra belgilarning irsiylanishini taxlil qilish.
ISHNING BORISHI Nazariy tushuncha: Mendel qonunlarini o`rganish jarayonida bitta gen bitta belgini yuzaga chiqarishini ko`rib chiqdik. Ammo
ayrim holatlarda chatishtirishlar
natijasi Mendel qonuniyatlaridagidek bo`lib chiqmaydi. Chunki ayrim holatlarda bitta belgi ikki va undan ortiq genlarning o`zaro
ta‘siri natijasida va aksincha bir necha belgilar bitta gen ishtirokida yuzaga chiqishi aniqlandi. Bu esa duragaylarda belgilarning
ajralish nisbatiga albatta ta‘sir qiladi. Demak har bir organizm genotipini bir-biriga aloqasi bo`lmagan alohida olingan genlarning
to`plami deb bo`lmaydi. Genlarning o`zaro ta‘siri deyilganda genlarning jismoniy jihatdan bir- biriga ta‘sir ko`rsatishi emas balki
ularning birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarining belgilarni yuzaga chiqarish jarayonidagi o`zaro ta‘sir tushuniladi. Genlarning
o`zaro ta‘sirining allel va allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta‘siriga ajratib ko`rsatish mumkin.
Genlarning o`zaro ta‘siri xillari
Allel genlarning o`zaro
ta‘siri
allelmas genlarning o`zaro
ta‘siri
to`liq
dominantli
k
chala domi-
nantlik
o`ta domi-
nantlik
kodomi-
nantlik
kompl e-
mentar
epista z poli
meriy
kombinirlanga n
Mendeldan so`ng organizmlarining ko`p turlaridagi aksariyat belgilarni irsiylanishi bitta gen emas, balki 2 va undan ortiq allel
bo`lmagan genlarning birgalikda faoliyatiga bog`liq ekanligi isbotlandi.
Ma‘lum bir belgini rivojlanishida 2 yoki undan ortik allel bo`lmagan genlarning ishtirok etishiga allel bo`lmagan genlarning
o`zaro ta‘siri deyiladi.
Allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta‘siri quyidagi turlarga bo`linadi:
1.
Komplementar.
2.
Epistatik.
3.
Polimer
4.
Kombinirlangan
3
Ikkiva undan ortiq allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta‘siri natijasida organizmda yangi, allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta‘siri
natijasida organizmda yangi, ota-onada yo`q belgilarning rivojlanishni ta‘min etilishi genlarning komplementar ta‘siri deb
ataladi. Komplementarlikda ikkinchi avlod duragaylarida belgilarning ajralishi 9:6:1 yoki 9:3:3:1, yoki 9:7 yoki 9:3:4 nisbatlarda
bo`ladi.