8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Metall listlardan turli xil maket va modellar tayyorlashni o’rganish
Ishdan maqsad: Talabalarga metal listdan buyumlar, texnologik xarital tayyorlash va maket tayyolshga oid bilimlar berish.
Nazariy ma’lumot Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo‘lishi shart. Texnologik jarayon deganda, umuman, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda zagotovka tayyor detalga (buyumga) aylantiriladi. Texnologik jarayon o‘z navbatida texnologik mehnat operatsiyalariga bo‘linadi. Har bir texnologik operatsiya texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va asbobni almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik operatsiya ham texnologik jarayonning yanada kichik elementlariga, texnologik o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik operatsiyaning tugal qismlaridan iborat bo‘lib, foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash va hokazo.
Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini bajarish tegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Mehnat usullari o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holatlari, asboblarni ushlashi va bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir.
Sizlar hozirgacha o‘zingiz yasagan buyumlarni tayyorlashda oddiy texnologik xaritalardan foydalanib keldingiz. Unda quyidagi bo‘limlar bor:
1 – texnologik jarayon va o‘tishlarning nomlari;
2 – ishlov berishning eskizi,
3 – foydalaniladigan asboblar;
4 – qo‘llanadigan moslamalar.
Texnologik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish sizlarning ijodiy faolligingizni oshiradi, texnik tafakkuringizni rivojlantiradi va mustaqil ishlarni o‘rganishingizda yordam beradi. Bundan tashqari, sizlar texnologik xaritalarni tuzishda buyumning namunasiga qarab uning murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operatsiya va o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlarni bilib olasiz.
Tuzilgan texnologik xaritalar bo‘yicha rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasashingiz va ularni yig‘ishni bajarishingiz mumkin.
Uy-ro‘zg‘or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Tunuka listdan shamdon yasashning ish ketma-ketligi:
1. Metall tunuka to‘g‘rilanadi.
2. Tunukaga metall chizg‘ich yordamida o‘lcham va belgilar qo‘yib
olinadi.
3. Belgilar asosida tunuka metall qaychi yordamida qirqib chiqiladi.
4. Bo‘laklarga parmalash dastgohida teshik ochiladi.
5. Qirqilgan bo‘laklar chilangarlik dastgohi yordamida bukib chiqiladi.
6. Bo‘laklar bir-biriga gayka yordamida biriktiriladi.
Topshiriq: Texnologik xarita tuzishni mazmuniga oid hisobot yozing
Shamdon tayyorlashning texnologik xaritasini ishlab chiqing.