Jixozlar hajmini hisoblash
Bir sutkada bitta reaktorda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni:
n=τ/t
(12)
bu erda, n- bir sutkadagi operatsiyalar soni;
τ – bir sutkada reaktorlarni ishlash vaqti, soat;
t – texnologik jarayon bosqichining davomiyligi soat
“n” ning qiymatini boshqa yo‘l bilan ham topish mumkin:
n=V
c
/V
p
bu erda, V
c
- qayta ishlanadigan materiallarning bir sutkadagi hajmi, m
3
;
V
p
– ushbu barcha jixozlarning ishchi sig‘imini aniqlash
V
p
=V
c
/n
(13)
Barcha jixozlarning umumiy xajmini hisoblash
V
umum
=V
p
/φ
(14)
Bu erda V
umum
- ushbu texnologik bosqichdagi barcha jixozlarning umumiy
xajmi
To‘lish koeffitsienti φ ning qiymati belgilangan jixozda sodir bo‘layotgan
jarayonning xarakteriga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.
To‘lish koeffitsientini tanlashda 6-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanish
mumkin.
1-jadval. To‘lish koeffitsientlarining qiymatlari
Reaktorda
kelayotgan
jarayonning
xarakteri
To‘lish darajasi
Suyuqlikni saqlash (ombor)
0,8-0,90
Suyuqliklarni o‘lchash (o‘lchagichlar)
0,8-0,85
Ko‘pik hosil qilmasdan boradigan fizik
yoki kimyoviy jarayonlar
0,75-0,80
Ko‘pik hosil qilish bilan boradigan
jarayonlar
(ekzotermik
reaksiyalar,
qaynash va x.k)
0,4-0,6
Suspenzion
va
suvli
emulsion
polimerlanish
0,65-0,75
Belgilangan jarayonni olib borishning aniq sharoitiga asosan reaktorning
optimal sig‘imi tanlanadi.
Ushbu bosqichdagi jixozlar sonini hisoblash uchun quyidagi tenglamalardan
foydalaniladi:
K=V
umum
/V
(15)
bu erda, K–jixozlar soni
V- bitta jixozning umumiy xajmi (katalog bo‘yicha), m
3
.
Agarda loyxalanayotgan jixoz katalogda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda jixozning
hajmi amaliyot nuqtai nazaridan tanlanadi. Qanday hol bo‘lmasin, jixoz
tanlangandan so‘ng, uning qisqacha konstruktiv xususiyatlari va materialining
markazi ko‘rsatiladi. Uzluksiz ishlaydigan jixozlarning xajmini hisoblash uchun
qayta ishlanayotgan materialni bir soatdagi (yoki sekundagi) hajmini aniqlash
kerak:
V=V
umum
/24
(16)
Barcha jixozlarning ishchi sig‘imini hisoblash:
V
p
=V
soat
φ
(17)
V
p
- barcha jixozlarning ishchi sig‘imi, m
3
φ-reaksiya massasining jixozda bo‘lish vaqti, soat
Standart jixozni tanlash yoki yangisini konstruksiyalash quyidagidan iborat.
Uzluksiz xarakatlanadigan jixozlar “ideal” siqib chiqaruvchi jixozlar uchun avvalo
jixozning balandligi (yoki uzunligini) va ko‘ndalang kesimi nisbatlarini aniqlash
kerak. Reaksiya massasini berilgan tezlikda oqimni bilan holda ideal siqib
chiqaruvchi jixozlarining balandligi (uzunligini) quyidagi formula
yordamida hisoblash mumkin:
𝐻 = 𝑤𝜏
(18)
bu erda, H-jixozning balandligi (uzunligi), m;
t-reaksiya massasini jixozda bo‘lish vaqti, sekund.
Ideal siqib chiqaruvchi jixozning ko‘ndalang kesim maydonini quyidagicha
aniqlash mumkin:
𝐹 =
𝑉
W
(19)
Uzluksiz xarakatlanadigan jixozlarning sonini esa:
К =
𝑉умумий
𝑉
(20)
bu erda V- bitta reaktorning xajmi, m
3
.
Hisoblashning oxirida tanlangan jixozning konstruktiv xususiyatlari va
metariallarini to‘liq tavsifini keltirish hamda reaktorni ishga tushirishdan avvalgi
davrdagi tavsifi to‘liq keltirilishi kerak.
Kombinirlangan kaskadli va seksiyali jixozlar uchun texnologik
hisoblashdagi asosiy masala bu ketma-ket ishlovchi jixozlar yoki seksiyalarning
optimal miqdorini, hamda ularning ishchi hajmini aniqlash hisoblanadi.
Agarda, jarayonning kinetik tenglamasi mavjud bo‘lsa va reaksiyaning tezlik
konstantalari qiymatlari ma’lum bo‘lsa, unda ko‘p seksiyali reaktor yoki jixozlar
kaskadini analitik usul bilan hisoblashdan foydalaniladi.
Pastda reaktorlarni hajmini aniqlash bo‘yicha ayrim masalalar keltirilgan. Ular
ishlab chiqarishga joriy etilgan kimyoviy reaksiyalarni aniq kenetik tenglamalar va
ularsiz tavsiflaydi.
Misol 1. Quvvati W=3 t/sutka diglikoltereftalat ishlab chiqaradigan
polikondensatorni hisoblash.
Jarayon davriy. 1 t diglikoltereftalat solingan jixozning ishlashi xaqidagi
ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
Echish:
GOST 9931-61 bo‘yicha DIR hajmini 2,5 m
3
teng deb qabul qilinadi.
2-jadval. Davriy ishlovchi reaktorning ishlash tartibi
Texnologik bosqich
Vaqt,
τ, soat
T
bosh,
o
C
T
oxir,
o
C
Jixozdagi
massa
miqdori,
G,kg
Haydalgan
etilenglikol
miqdori, kg
Yuklash (solish)
0,3
513
513
1170
-
DIR isitish
1,0
513
533
1170
-
Etilenglikolni haydash
1,0
533
533
1005
165
Bosimni 0,1 mm simob
ustunigacha
pasaytirish
va
polikondensatsiya
2,0
533
548
1000
5
Maxsulotni tushirish
0,7
548
548
1000
-
Jixozni sovutish
1,0
548
513
1000
-
2-misol. Sirka kislotadan kuniga 50 t etilatsetat ishlab chiqarish uchun
qo‘llaniladigan uzluksiz reaktorni hajmini hisoblang. Dastlabki ma’lumotlar: τ
= 7270 sek, ta’sirlashayotgan aralashmaning zichligi ρ=150,56 kg/m
3
o‘zgarmas.
Echish: 50 t mahsulot ishlab chiqarish uchun reaksiyaga kirishayotgan
aralashmaning xajmiy tezligini aniqlaymiz.
Reaktorning xajmini quyidagi tenglama orqali aniqlaymiz:
V
p
=V
c
τ=4,8·10
-3
·
7270=34,8 m
3
13372-67 GOST bo‘yicha jixozning xajmi 40 m
3
.
Mavzu bo’yicha nazorat topshiriqlar
1. Gaz fazada oksidlash jarayonlari uchun reaksion jixozlari
2. Molekulyar kislorod bilan gaz fazada oksidlash uchun qo‘llaniladigan
reaksion jixozlar.
3. Gaz fazada gomogen reaksiyalarni olib boriladigan reaktorlar.
4. Etan va kisloroddan etilen olish reaktori.
5. Gaz-suyuqlik sistemalari uchun reaktorlar.
Dostları ilə paylaş: |