8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi



Yüklə 234,5 Kb.
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü234,5 Kb.
#44048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8 dekabt senariy

8-o’quvchi:  4-modda:  O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

 Shu tilda Temur bobo

Lashkarga buyruq bergan .

Navoiy tuzgan navo,

Bobur gavharlar tergan

“Til- xalqning shavkat- shoni”,

Bu bobolar kalomi

Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi



9-o’quvchi:  5-modda:  O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

 


Olam ahli bilan qilib barobar,

Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.

Chiqardi millatlar uyin to’riga,

Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.

Mulki jahon bayroqlari qatori,

Shula sochdi bayrog’imiz sharori.

Olam aro madhiyamiz yangradi,

Eshitganki, kishi joni yayradi.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!


 “Yurt bayrog`i” qoshig`i


10-o’quvchi:  6-modda:  O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.

Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim,

Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!

Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,

Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!



 

11-o’quvchi:  7-modda:  Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.

Adolatning qo’yib tamal toshini,

Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.

U tinim bilmasdan ishladi shoyon.

Konstitutsiyaga fido qildi jon.

Birnchi o’ringa qo’yib insonni,

Inson sharafiga baxsh etdi jonni.

Qonunlar insonga qilmasa xizmat,

Qonunlar insonni etmasa izzat.

Qonun emas, dedi undayin qonun,

Qonunda Insondir zori Humoyun.

Davlatning sharafi, shoni insondir,

Tanasi, yuragi, joni insondir.


 12-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.



Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi

konstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa

cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin

               Fikrlash, so’z, e’tiqod

               Erkinligi bor bizda.

              Tafakkur , erkin ijod

              Jo’sh urar qonimizda.

 

             “Avval o’yla”, deganlar



              Fikrlaymiz o’ylaymiz.  

              So’zga navbat kelganda

             Odob bilan so’zlaymiz.


13-o’quvchi:  31-modda:  Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.

Tiklandi iftixor va milliy g’urur,

Endi o’zbekman deb ayturmiz mag’rur.

Tiklandi an’ana, urf-odatimiz,

Tiklandi qadriyat tarix va moziy,

E’tiqod, din-iymon, ilmiy ilohiy.

Andijon polkasi” raqs


 14-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

               Betob bo’lib , botib g’amga,

              Yotib qolsk nogahon.                   

              Shifokorlar tez yordamga

              Yetib kelar shu zamon.

 

              Malakali tibbiy xizmat



              Ko’rsatadi shifokor

              Elga xizmat – oily  himmat


Yüklə 234,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin