8. Konchilik korxonasi, rudnik, shaxta, shaxta maydoni, qavatlar



Yüklə 24,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#194973
  1   2
8 (1)



8. Konchilik korxonasi, rudnik, shaxta, shaxta maydoni, qavatlar 
 
Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun konchilik korxonasi 
tuziladi, uning tarkibiga rudnik, shaxta, karer va ba'zan boyitish fabrikasi ham 
kiritiladi. 
Rudnik 
- maxsus hujjat bilan ajratilgan yer usti va yer osti uchastkasida 
joylashgan, konni qazib oluvchi konchilik korxonasi bo'lib, bitta yoki bir 
nechta ishlab chiqarish birligi - shaxtalar, shtolnyalar, karerlar va xizmat 
ko'rsatuvchi yordamchi sexlardan iborat bo'lgan konchilik korxonasi ga 
aytiladi. Rudnik korxona sifatida yagona ma'muriy -texnikaviy boshqarmaga 
ega. 
Shaxta - konchilik korxonasining mustaqil ishlab chiqarish birligi bo'lib, 
yer osti usulida unga ajratilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismida foydali 
qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshiradi.
Konning bir qismini rudnik shaxta yoki karer qurish uchun ajratilgan 
maydonini tegishlicha rudnik, shaxta yoki karer maydoni deb aytiladi.
Ayrim holda rudnik maydoni bittagina shaxta maydonidan iborat bo'lsa, 
u holda shaxta va rudnik haqidagi tushuncha bir xil bo'ladi.
Shaxta maydoni tayyorlovchi lahimlar bilan qavat yoki panellarga 
ajratiladi. Qavatlarning pastki va yuqorigi chegarasidan shtreklar o'tkaziladi, 
ular qavatdagi asosiy yoki yuk tashish bosh shtreklari deyiladi.
Shunday qilib, qavat - shaxta maydonining bir bo'lagi bo'lib, qiyaligi 
bo'yicha asosiy gorizontdagi yuk tashiladigan shtrek bilan, cho'ziqligi 
bo'yicha shaxta maydoni chegarasi bilan cheklanadi.
Qazib olish ishlarini bir vaqtning o'zida olib borilishiga ko' ra bir qavatli, 
ikki qavatli va ko'p qavatli qazib olish ishlari deyiladi. Bir vaqtning o'zida 
qazib olinadigan qavatlar soni ruda yotqizig'ini sharoitiga, qo'llaniladigan 
qazib olish tizimiga, shaxtaning berilgan yillik ishlab chiqarish quvvatiga 
bog'liq holda belgilanadi. Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ko'proq 
qavatlarda rudani qazib olish ishlari yillik ishlab chiqarish quvvatini bir 
qavatda qazib olinganida, belgilangan miqdordagi ruda bilan ta'minlash 
imkoni bo'lmaganida, ikki va undan ortiq qavat larda rudani qazib olish 
ishlarini olib borishga to'g'ri keladi. Lekin hamma kon -geologik sharoitda 
ham, har xil qazib olish tizimi qo'llanilganida ham, bir vaqtning o'zida bir 
necha qavatlarda qazib olish ishlari olib borishga imkoniyat bo'lmaydi. Ba'zi 
bir qazib olish tizimi umuman ko'p qavatda qazishni inkor etadi, boshqasi yo'l 
qo'yadi, lekin ma'lum texnik qiyinchiliklar bilan.
Qavatlar odatda yuqoridan pasayib borish tartibida qazib olinadi, yuqori 
gorizontlardan boshlab, pastki gorizontlarga qarab qav atlarni ko'tarilish 
tartibida qazib olish amaliyotda kam uchraydi. Shaxta maydonining 
o'lchamlari texnik iqtisodiy hisoblarga muvofiq belgilanadi. Ruda konlarida 
shaxta maydonining uzunligi o'rtacha 0,5-2 km ni tashkil etadi, keyingi 
yillarda juda yirik konlarni qazib olish amaliyotida shaxta maydonining 
uzunligi 6 km gacha yetadiganlari ham uchraydi.


Shaxta maydoni o'lchamlarini aniqlashda quyidagilardan kelib chiqiladi: 
Shaxta maydoni uzunligini oshirish lahimlar o'tkazishdagi, stvol oldi 
uskunalari va stvol oldi lahimlarini qurishga va yer yuzasidagi stvol oldi 
inshoatlarini barpo etishda 1t ruda zahirasi ulushiga to'g'ri keladigan kapital 
xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Shaxta maydonining uzayishi uning 
zahirasi ko'payishiga olib keladi, kapital xarajatlar doimiy bo'lib, deyarli 
o'zgarishsiz qoladi. Lekin shaxta maydoni o'lchamlarining ortishi rudani yer 
osti transportida tashish masofasi, materiallari va uskunalarni tashib keltirish, 
masofasi kishilarni harakatlanish masofasi ham uzayadi. Asosiy gorizontdagi 
lahimlarni turg'unligini saqlab turish va tamirlashga sarflanadigan xarajatlar 
ham ko'payadi, shamollatish ishlari murakkabla shib, narxi qimmatlashadi. 
Shuning uchun loyihalanayotgan shaxta maydonining o'lchamlarini o'zgarishi 
bir turdagi xarajatlarni kamaytirsa, ikkinchi turdagi xarajatlarning 
ko'payishiga sababchi bo'ladi.
Shaxta maydonining eng qulay (optimal) iqtisodiy jihat dan samarali 
o'lchami 1t ruda zahirasini qazib chiqarishga sarflanadigan umumiy 
xarajatning eng kam bo'lganidir. 
Har bir shaxta maydonida asosiy yer osti bilan bog'lovchi stvollardan 
tashqari yordamchi stvollar ham o'tiladi. Ular kishilarni shaxtadan yer 
yuzasiga chiqarish uchun ikkinchi ehtiyot chiqish qurilmasi ham hisoblanadi. 
Undan yer osti lahimlarini shamollatish, materiallar tushirish va boshqa 
maqsadlarda ham foydalaniladi. Yordamchi shaxta stvollarining soni, 
ularning joylashishi va o'tkazish tartibini «Konni ochish» bo'limida ko'rib 
chiqiladi. 

Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin