8. Konchilik korxonasi, rudnik, shaxta, shaxta maydoni, qavatlar



Yüklə 24,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#194973
1   2
8 (1)

Qavat balandligi 
qazib olinayotgan asosiy gorizont bilan yuqorigi qavat 
oralig'idagi tik yuza tekisligiga tushgan proeksiyalari oralig'idagi tik masofa 
bilan o'lchanadi. Ruda konlarini qazib olishda qavat bal andligi odatda 30 dan 
100 metrgacha yetadi, bu o'lchamdan ortig'i juda kam uchraydi.
Qavatlar balandligini tanlashga quyidagi omillar ta'sir etadi: ruda 
tanasining qalinligi, uning uzunligi, konni yotqizilish elementlarining 
o'lchami, 
ruda 
va 
yondosh 
jinslarni 
fizik-mexanik 
xususiyatlari, 
qo'llaniladigan qazib olish tizimi, kon kapital lahimlarining va asosiy 
gorizontlardan o'tkaziladigan tayyorlovchi lahimlar narxi.
Qavatlar balandligining uzayishi konning kapital va tayyorlovchi 
lahimlarini o'tkazib 1 t ruda tayyolash zahirasining hajmini va uning narxini 
qisqartirish imkonini beradi. Bu shu bilan izohlanadiki, qavatni tayyorlash 
uchun uning balandligiga bog'liq bo'lmagan holda, asosiy gorizontdagi, bir 
xildagi lahimlarni stvol oldi lahimlari majmuini va kvershlaglarni o'tish kerak 
bo'ladi. Bu lahimlarning to'liq uzunligi, hajmi va narxi qavatlar balandligidan 
qat'iy nazar bir xil o'lchamda qoladi, ammo qavatlardagi ruda zahirasi uning 
balandligiga proporsional ravishda o'sadi.
Ko'pchilik qazib olish tizimlarini qo'llaganda qo'shni qavatlar 
chegarasida qavatlararo seliklar qoldirish talab etiladi. Bu seliklarni qazib 
massivdan ajratib olish katta o'lchamda rudaning miqdor yo'qotilishiga va 
blokning boshqa qismini qazib olishga nisbatan katta xar ajat sarflash talab 


etiladi. Chunki qavat balandligidan qat'iy nazar, qavatlararo qoldirilgan 
seliklardagi ruda zahirasining miqdori o'zgarmasdan qoladi.
Shu bilan birga, qavat balandligining o'sishi qazib olish bilan bog'liq 
bo'lgan ba'zi xarajatlarning biroz miqdorda bo'lsa ham o'sishiga olib keladi. 
Shular jumlasidan materiallarni, uskunalarni kavjoyga tashib keltirish nar xi, 
vosstayushiylarni o'tish, ularni ta'mirlash va shaxtada kishilarning 
harakatlanishiga sarflanadigan vaqtning o'sishi, mehnat unumd orligining 
pasayishiga olib keladi.
Ba'zi hollarda qazilgan bo'shliqqa kon bosimining o'sishi, yondosh 
jinslarning va kameralararo seliklarning o'pirilishiga olib kelish ehtimolining 
mavjudligi, qavatlar oralig'idagi balandlikni masofaning uzaytirilishini 
cheklaydi. 

Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin