Asosiy qisim



Yüklə 60,48 Kb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü60,48 Kb.
#187114
  1   2   3   4   5   6   7
Miyirbek 1111111


MAVZU: FIRMA ISHLAYOTGAN TARMOQNI TARIFLASH TURLARI VA UNING MAZMUNI


Reja:


KIRISH.
ASOSIY QISIM.
1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

3. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH
Tarmoqlar o‘zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo‘lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar xajmi xam xar xil bo‘ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo‘ladi. Talab xam o‘sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo‘ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni taxlil qilishda aloxida usullar qo‘llanilib, bu usullar tarmoqda bo‘layotgan o‘zgarishlar va raqobat kurashini baxolash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7ta savolga javob topish lozim:

  1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

  2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

  3. Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar.

  4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.

  5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.

  6. Raqobat qaysi yo‘nalishda borishini kim belgilaydi?

  7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi
    Vaziyat taxlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bulgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti‑harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
    Yakka biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni taxlil qilish usullari kelgusida kupincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini taxlil qilishda ham foydalaniladi.

Yakka biznes bilan shug‘gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) taxlil qilishda odatda soxa va raqobat taxlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni taxlil qilishda firmaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) urganiladi. Kompaniya strategik taxlilining mantiqiy yechimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baxo berishdir. Shunday qilib, ushbu taxlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.



Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin