3. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
Tarmoqdagi raqobat tarkibini o‘rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o‘rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini tuzishdir.
Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu taxliliy usul tarmoqning umumiy taxlili va xar bir firmaning bozordagi mavqeini bir biriga bog‘laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik guruxlarga bo‘linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo‘lgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo‘lsa strategik guruxlar soni xam shuncha bo‘ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o‘zining raqobat usuliga va bozorda o‘z mavqeiga ega bo‘lishi lozim.
Strategik guruxlar kartasini- tuzish tartibi quyidagicha:
Tarmoqdagi firmalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi.
Kartaning o‘qlari bo‘ylab turli xarakteristikalarni juftligi tushiriladi.
Kartaga firmalar 2 o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarga asosan joylashtiriladi.
Bitta strategik zonaga kirgan firmalar strategik guruxga birlashtiriladi.
Xar bir strategik gurux atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri xar bir strategik guruxning bozordagi o‘rniga proporsional bo‘ladi. Ana shu ko‘rsatkichlardan foydalanib strategik guruxlarning 2 o‘lchamli kartasini tuzish mumkin.
Bir tarmoqda faoliyat kursatayotgan firmalarning nisbiy raqobat pozitsiyalarini urganish uchun strategik guruxlash jarayonlaridan foydalaniladi.
Bir strategik guruxdagi kompaniyalar maxsulotlar diapazonining kengligi, tovar xarakati kanallaridan foydalanish usullari; uxshash texnologik yondashuvlar, vertikal integratsiyalanish darajasi, servisning va texnologik xizmat kursatish xarakteri kabi turli belgilar buyicha birlashishlari mumkin. Tarmoqda bozorga nisbatan strategik yondashuvlari bir xil bulgan bitta strategik gurux mavjud bulishi mumkin.
Strategik guruxlar xaritasini tuzish va firmalarni u yoki bu gurux tarkibiga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
Tarmoqdagi firmalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristikalar aniqlanadi ( narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi, maxsulot nomenklaturasi va xokazo).
Firmalarning xolati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan xususiyatlari bo‘yicha).
Bir strategik soxaga to‘gri keladigan firmalar aniqlanadi.
Xar bir guruxning tarmoqdagi umumiy savdo xajmidagi ulushi aniqlanadi.
Shunday qilib, tarmoqni strategik guruxlashning yuqorida aytib utilgan ikki o‘lchovli xaritasi yasaladi.
Agar jiddiy tafovutlar ikkitadan ortiq bo‘lmasa, bir necha xarita tuzish maqsadga muvofiqdir.
Turli strategik guruxlar bir‑biriga qanchalik yaqin joylashgan bulsa, ular urtasidagi raqobat shunchalik kuchli buladi. Eng yaqin raqobatchilarning fe’l‑atvorini urganish muximdir. Raqobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday yul tutishini bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish mumkin emas. Raqobatchilar nima qilmoqda va nima qilmoqchi - bu savollarga javob topish kompaniyaning strategik faoliyati uchun nixoyatda muximdir, aks xolda u xar doim mudofaa pozitsiyasida bulishga majbur buladi.
Odatda, raqobatchilarning maqsadlari va strategiyalari xaqidagi ma’lumotlarni ushbu jadval yordamida umumlashtirish muayyan raqobatchilik xatarlari va pozitsiyalarini baxolash uchun yetarlidir.
Firmalarning raqobatdagi kelgusi pozitsiyalarini baxolash uchun e’tiborni ularning bozordagi uz axvolini yaxshilash imkoniyatlariga qaratish lozim. Agressiv raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidirlar. O‘z maqsadiga erishgan raqobatchilar uzlarining xozirgi strategiyasini amalga oshirishda davom etadilar. Bezovta va moliyaviy jixatdan og‘ir axvolda qolgan raqiblar xujumchi yoki mudofaachi sifatida yangi‑yangi strategik xatti‑xarakatlarga utishlari mumkin. Shu munosabat bilan uzingizni ushbu kompaniya menejerlarining urniga qo‘yib kurishingiz va ularning qanday yul tutishlarini muloxaza qilib kurishingiz mumkin.