Asosiy qisim


Tarmoqdagi raqobat kuchlar va ular ta’sirining darajasi



Yüklə 60,48 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü60,48 Kb.
#187114
1   2   3   4   5   6   7
Miyirbek 1111111

2. Tarmoqdagi raqobat kuchlar va ular ta’sirining darajasi.

«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:


1.Tarmoq ichida sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat.
2.Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o‘z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.
3.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
4.Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
5. Xaridorlarni o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
Bu taxlil firma mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bulgan qulay imkoniyatlar va xavf‑xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan. U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu kursatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bulsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bulishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya uz strategiyasini uzgartirib, ushbu kursatkichlarni uz foydasiga o‘zgartirishi mumkin.
Potensial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bulsa, kompaniya narxlarni oshirib, uz daromadlarini kupaytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilik kuchi kirish tusiqlarining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli darajada bog‘liqdir. Bunday tusiqlarning uchta asosiy manbayi bor:
- xaridorlarning savdo markasiga sodiqligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);
- xarajatlar buyicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavdul kompaniyalar uchun yangi kompaniyalar erishishi qiyin bulgan katta ustunliklar beradi);
- kulamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega buladilar). U standartlashtirilgan maxsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta miqdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va xokazolar bilan bog‘liqdir. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
Porter nazariyasi buyicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bulgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini kursatib utish mumkin:
- tarmoqdagi raqobatning strukturasi;
- talabning shart‑sharoitlari;
- tarmoqqa kirish tusiqlarning balandligi.

Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin