8 mart” Xalqaro Xotin –qizlar Kuniniga bag`ishlab o’tkaziladigan


Endigi navbatni ___-sinfning bayram dasturiga beramiz



Yüklə 56 Kb.
səhifə3/4
tarix24.09.2023
ölçüsü56 Kb.
#147650
1   2   3   4
8 mart Xalqaro xotin

Endigi navbatni ___-sinfning bayram dasturiga beramiz

-8-
Boshlovchi: Har bir insonni ONA voyaga yetkazadi.Xatto buyuk insonlarni ham ONA dunyoga keltirgan.G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyni ham ONA dunyoga keltirgan.Alisher Navoiyni onasi uchun atalgan she’rni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan.


Alisherning onasi
Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki unung aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir hayol.
Balki g’amgin bir zotdir u,
Balki sho’hchan bir ayol.
Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor


Aytib bergan ertaklar.
Mayliga, u kim bo’lmasin,
Yolg’iz bir so’z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
Endigi navbatni ___-sinfning bayram dasturiga beramiz
-9-
Boshlovchi: Ulug` momolarimizga xos bo`lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning Yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir. Hadislarda "Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo`rlaydi" deb bejizga aytilmagan. Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.
Endigi navbatni ___-sinfning bayram dasturiga beramiz
-10-
Boshlovchi: Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Hozirgi kunda ham ayollar har sohada faoliyat yuritmoqdalar. Bunga misol qilib, "Mashhura" o`quv markazini asoschisi Mashhura opaga o`xshagan ayollarni olish mumkin. Ular o`quv markazlari tashkil qilib ayollarimizni, qizlarimizni turmush sharoitiga, hayotga moslashishida ko`maklashishadi. Boshqa sohalarda ham faoliyat ko`rsatayotgan ayollarimiz juda ham ko`p. Bulardan Rashidova Sayyora inson huquqlari himoyachisi, Dilbar G`ulomova, Tursunoy Sodiqova, balesmestr Bernora Qorieva, Kommuna Ismoilova, To`ti Yusupova, Dilbar Saidova, Yulduz Usmonovalar jamiyatimiz taraqqiyotini yuksalishida o`z qissalarini qo`shmohdalar.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin