8-Ma’ruza. Detalga ishlov berish usullari. Reja



Yüklə 31,13 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü31,13 Kb.
#97667
8-Ma’ruza. Detalga ishlov berish usullari


8-Ma’ruza. Detalga ishlov berish usullari.
Reja:

1.Usullarning umumiy ta’rifi.


2.Yuzalarga ishlov berish turlari,Yuzalarga sidirib ishlov berish.
4.Qora ishlov berish,Pardozlash. Detal yuzalariga qirquvchi va tirnovchi (abraziv) asboblar yordamida ishlov berish.
. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Mexanik ishlov berish; toza , yarim, sidirib ishlov berish; pardozlash; nozik ishlov berish; superfinish; mikrofinish; plastik deformatsiya.
Usullarning umumiy ta’rifi
Detalning barcha giometrik va mexanik xususiyatlarini talab darajasida
ta’minlash uchun ishlov berishning turli usullaridan foydalaniladi. Ularga o‘tkir asbob yordamida qirqib, abraziv (tirnovchi) asbob yordamida ishlov berish, yuzaga plastik deformatsiyadan foydalanib ishlov berish va boshqalar kiradi.
Yuzalarga ishlov berish turlari
Detallarga ishlov berish dastlabki ishlov berish bilan, oxirida toza
ishlov berishga qadar bo‘lgan bosqichlarda pripusklar bosqichma-bosqich kamaytirilib boriladi va oxirgi toza ishlov berishda xattoki yuzadan metall qoplamasini olish, yuzada bo‘lgan g‘adir-budirliklarni tekislash xisobiga amalga oishirilishi mumkin. Zagatovkaga ishlov berish quyidagicha ketma-ketlikda bo‘lishi kerak: yuzani sidirish (obderochnaya) qora ishlov berish, yarim toza, toza, nozik ishlov berish va pardozlash.
Sidirish (obdirka) 16-17 kvalitetda olingan yirik quyma va yasama
zagatovkalarga ishlov berishda qo‘llaniladi. Bu ishlov berishda qo‘pol zagatovkalarning yuzalari shakli va o‘zaro joylashishida bo‘ladigan xatoliklarni kamaytiriladi, o‘lcham aniqligi 15-16 kvalitetga, yuza g‘adir-budirligini esa Ra – 100ga yetkaziladi.
Qora ishlov berish sidirib ishlov berilgan, 2-3 gurux aniqlikda shtamplangan, 15 kvalitet aniqligida olingan quyma zagatovkalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Ishlov berish aniqligi 12-16 kvalitet oralig‘ida yuza g‘adir-budirligini Ra 100 – 25 mkm oralig‘ida bo‘ladi.
Yarim toza ishlov berish zagatovkalardan qora ishlov berishda pripusk
to‘liq olinmaganida qo‘llaniladi. Shuningdek ishlov berish aniqligiga yuqori talablar qo‘yilgan paytda va natijada xar bir ishlov berish uchun ajratilgan pripusk qalingini kamaytirish zaruriyati tug‘ilganda yarim toza ishlov berish operatsiyasi kiritiladi. Bu usulda ishlov berish aniqligi 11-12 kvalitet bo‘lib, yuza g‘adir-budurligi Ra 50 – 12.5 mkm bo‘ladi.
Toza ishlov berish detal yuzalaring aniqlik darajasi 8-11 kvalitet,
yuza g‘adir-budurligi Ra 12,5 – 2,5 mkm oralig‘ida me’yorlangan xolatlarda oxirgi ishlov berish turi sifatida qo‘llanilishi mumkin.Bu usul yuqori aniqlikda quyib yoki boshqa usullar yordamida aniq olingan zagatovkalar uchun ham yagona ishlov berish usuli bo‘ladi.
Toza ishlov berish, shuningdek nozik va pardozlash ishlov berishlaridan oldingi oraliq ishlov berish usuli bo‘lishi ham mumkin.
Nozik ishlov berishda yuzaning aniqlik va sifat ko‘rsatkichlari yuqori darajada shakllangan bo‘ladi. Juda kichik pripusk va uzatishlarida geometrik parametrlar yuqori aniqlikda olinishiga erilishadi. Po‘latdan tayyorlangan detalga ishlov berish aniqligi g‘adir – budirlik bo‘yicha Ra2,5 –0,63mkm gacha bo‘lishi mumkin.
Pardoz ishlov berish (finish) asosan yuza g‘adir – budirligini belgilangan meyoriy darajaga tushirish uchun qo‘llaniladi. O‘lcham aniqligiga bu ishlov berish deyarli ta’sir qilmaydi. Odatda oldingi ishlov berish qo‘yimi oralig‘ida bajariladi. Har xil usul va materiallardan foydalanib pardozlash ishini bajarishda yuza g‘adir – budirligi Ra 0,63-0,16 mkmga yetkazilishi mumkin.
Mexanik ishlov berishning toza ishlov berish va undan keyingi bosqichlarda qo‘llaniladigan usullarini o‘rganish e’tiborga loyiqdir, chunki bu bosqichlarda qo‘llaniladigan usullar, ularning bajarilish tartibi detal sifatining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
O‘tkir asbob yordamida ishlov berish odatda material nisbatan yumshoq (qattiqligi HRC45 gacha) bo‘lganida qo‘llaniladi, qattiq material bo‘lganida esa odatda (HRC45dan katta) abraziv (tirnash) asboblar yordamida detallarga ishlov beriladi.
O‘tkir yuzli asbobda ishlov berishga toza va nozik qirqish, nozik frezerlash, nozik razvertkalash, toza protyajka (tortish), shvenglashlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Nozik qirqish yuqori tezlikda 100-1000m/min bajariladi. Uzatish dastlabki o‘tishda 0,15mm/ayl, oxirgi o‘tishda 0,01mm/ayl, qirqish chuqurligi tegishli ravishda 0,2-0,3mm va 0,05-0,01mm bo‘ladi.
Qirqib olinadigan qoplamaning kichikligi qirqish kuchi va xarorat kichik bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada detalni qattiq berkitmaslik va natijada yuzada deformatsiyalangan metal qoplamasining juda kam bo‘lishiga imkoniyat yaratiladi. Qora metallardan tayyorlangan detallar aniqligi 8-6 kvalitet, rangli metallardan tayyorlanganida 6-5kvalitet oralig‘ida bo‘lishi ta’minlanadi. G‘adir – budirliklar esa tegishli ravishda Ra 2,50 -0,63 va 0,32-0,16 mkm bo‘ladi.
Nozik qirqish podshipniklar o‘rnatiladigan teshiklarga, uzatish karobkasi teshiklariga, orqa ko‘prik, shatun teshiklariga dvigatel silindrlariga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Bu usulda tashqi yuzaga ishlov berish nisbatan kam tarqalgan bo‘lib, misol tariqasida porshenlarga ishlov berishni ko‘rsatish mumkin.
Nozik qirqish, superfinish, polirovka (jilvirlash) operatsiyalaridan oldin, tez aylanuvchi shpindelli (10-15ming ob/mm) dasgohlarda amalga oshiriladi.
Dastgohning radial urilishi 0,05 mmdan oshmasligi kerak. Qirqish
asboblari qattiq qotishma, olmos, elbor kabi yuqori chidamlilikga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlanishi kerak.
Nozik frezalash, asosan tekis yuzalarga tugal frezalar yordamida ishlov berishda qo‘llaniladi. Bu usuldan ochiq tekis yuzalarga ishlov berishda foydalaniladi.
Jarayon davomida qirqishda ishtirok etmaydigan tishlarining ishlov berilgan yuza bilan kontaktda bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida frezani yuzaga nisbatan 0,0001 birlikga teng qiyalik bilan o‘rnatiladi. Ishlov berish chuqurligi 0,2-0,5mm bo‘ladi. Tekislikdan chetga chiqish 0,02-0,04mm/m bo‘ladi, g‘adir – budirlik Ra=2,5-0,63mkm.
Nozik razvetkalash 7-5 kvalitet, Ra=1,25-0,63mkm sifatini berib, yuza jaylashishida bo‘ladigan xatoliklarni yo‘qotmaydi. Shu sababdan keng qo‘llanilmaydi. Dastlabki o‘lcham 9-8 kvalitet, Ra=2,5mkm bo‘lganida, toza ishlov berishda 7-6 kvalitet, Ra=1,25mkm olinadi.
Protyagivanie (tortib o‘tkazish) usulida ichki va tashqi yuzalarga ishlov beriladi. Ichki ishlov berish dumaloq, kvadrat, ko‘p tomonli va boshqa turdagi yuzalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi.
Tashqi ishlov berish tekisliklarga, bezak yuzalarga, tishlarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Ichki silliq teshiklarga ishlov berishda 9-6 kvalitet, Ra=2,5-0,63mkm olinadi. Toza tortib o‘tkazishda tishlar ko‘tarilishi 0,02-0,04mm bo‘ladi. Bu usul yuqori ish unumdorlikga ega bo‘lib, seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Proshivanie tortib o‘tkazishdan faqat ishlov berish asbobining kaltaligi (proshivka) bilan farqlanadi. Ishlov berish asbobi teshikdan press yordamida bosib o‘tkaziladi. Bu oxirgi ishlov berish usuli bo‘lib u yordamida har qanday shaklli teshiklarga ishlov berish mumkin. Natijada 6-kvalitet, Ra=2.5-0.63mkm olinadi.
Abraziv (tirnovchi) asbobda ishlov berishning quyidagi turlari mavjud: silliqlash, xoninglash, pritirka (ishqalash), polirovka (pardozlash), superfinish, mikrofinish.
Shlifovka (silliqlash) dastlabki va oxirgi ishlov berish usuli siqatida mashinasozlikda keng qo‘llaniladi. Oxirgi ishlov berishda qo‘llanilganida 5-7 kvalitet, Ra=1,25-0,08mkm olinishi mumkin. Ishlov berishda aylanma, tekis, markazsiz, tashqi va ichki silliqlash dasgohlari qo‘llaniladi.
Sidirib silliqlash qora ishlov berish usuli bo‘lib, quyib yoki issiq shtamplab tayyorlangan detallarda tayanch yuzalarni olish uchun ishlatiladi. Pripusk 1mm va undan ortiq bo‘lganida, segmentsimon yirik donali (80-125) kruglardan foydalaniladi. Natijada yuza g‘adir-budirligi Ra=2,5-1,25mkmga yetkaziladi.
O‘lchovli silliqlash, ishlab chiqarishda bir yoki ikki operatsiyada amalga oshiriladi. Agar pripusk 0,2-0,6mm/diametr bo‘lsa bir operatsiyada, 0,6-0,8mm/diametr bo‘lganida 2 operatsiyada amalga oshiriladi. Ishlov berishga yuqori talab qo‘yilganida, pripusk 0,04-0,08mkm bo‘lgan nozik silliqlashdan foydalaniladi.
Silliqlash sifatiga krug donalari kattaligi bevosita ta’sir qiladi.
Dastlabki silliqlashda krug donalari 40-80 bo‘lib, yuza Ra=1,25-0,63 mkm yakuniy silliqlashda krug donalari 12-40, yuza Ra=0 ,63-0,16mkm, nozik silliqlashda donalari 6-10, yuza Ra=0,08mkm qilib tanlab olinadi. Silliqlashda ishlov berish asbobining(krugining) boshqa ko‘rsatkichlari ishlov beriladigan detal materialining fizik mexanik xususiyatlariga bog‘liq ravishda tanlanadi.
Hozirgi paytda yuzaga ishlov berish uchun abraziv donali krug bilan bir qatorda olmosli va elborli, metall va organik asosli kruglar ham qo‘llaniladi. Bu kruglarda qirquvchi donalar krugning tashqi yuzasida 1,5-2,5mm qalinlikda qoplangan bo‘ladi. Metall asoslilari dastlabki ishlov berishda, organik asoslilari nozik silliqlashda qo‘llaniladi.
Nozik silliqlashda juda yupqa metall qoplama (0.005mkm) olinadi. Qirqish tezligi 30-40m/s, maxsulot xarakat tezligi 20mm bo‘ladi. Dastlabki aniqlik 8-6 kvalitet bo‘lsa, ishlov berilgandan keyingi aniqligi 6-5 kv bo‘ladi.
Nozik silliqlash yuza shaklini to‘g‘irlashda ham sezilirli rol o‘ynaydi.
Kruglarni to‘g‘irlash olmos donachalari yordamida, olmos qalam, olmos rolik, olmos plastinka yordamida amalga oshiriladi.
Xoninglash teshik yuzasiga yuqori aniqlikda ishlov berishni ta’minlaydi, lekin yuzaning boshqa yuzalariga nisbatan joylashishi xatoligi yo‘qolmaydi. Bu jarayon maxsus qirqish asbobi (xon) yordamida amalga oshiriladi. Xon har tomonga tekis harakatlanuvchi bruslar yordamida detal yuzasiga ishlov beradi. Xoning o‘z o‘qi atrofida va u bo‘ylab harakatlanishi ishlov berilgan yuzada qirqish asbobi donachalarining to‘rsimon izi hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Yuzaning bu xolatda bo‘lishi, detal ishlaganida moyning yuzada yaxshi ushlanib turishiga imkoniyat yaratadi. Bu usulda avtomobil va traktor silindrlari, silindr bloklaridagi vkladish osti teshiklariga ishlov beriladi. Ishlov berish pripuski oldingi ishlov berish turiga qarab 0,080-0,005mm bo‘ladi. Ishlov berish aniqligi 6-4 kvalitet Ra 0,04-0,16mkm darajasiga yetkaziladi.
Pritirka 5 kvalitet va undan ortiq aniqlikda ishlov berishda qo‘llaniladi. Silindr yuzalariga ishlov berishda diametr aniqligi 1mkmgacha bo‘ladi. G‘adir – budirlik Ra 0,1 mkm bo‘lishi mumkin.
Pritirka , erkin abraziv zarrachalarining bog‘lovchi suyuqliklar bilan aralashmasida (pasta va boshqa ko‘rinishda) yuzaga ta’sir etadi. Pritir yordamida bajariladigan, bu operatsiyada juda kam miqdorda o‘lcham o‘zgaradi. Shuning uchun bu usulda ishlov beriladigan yuza dastlab 6-kvalitetda Ra 1,25-0,32mkm darajada ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Bu usulda har –xil shaklga ega bo‘lgan yuzalarga ishlov berish mumkin. Olinadigan qoplamasiga bog‘liq holda, pritirka 1, 2 yoki 3 operatsiyada bajariladi. Dastlab material qalinligi 0,020-0,005mm diametrga olinsa, oxirgi operatsiyada 0,005mm dan kam olinadi.
Operatsiya ishlab chiqarish turiga qarab qo‘lda va dasgohda bajarilishi mumkin.
Bu jarayon qattiq abraziv donalar yordamida tirnab ishlov berish, nisbatan yumshoq abraziv donachalar yordamida tirnamasdan ishlov berish va ximik aktiv pastalar bilan yog‘, kerosin vositasida xon yordamida ishlov berishda qo‘llaniladi.
Super finishda ham abraziv brusoklar qo‘llaniladi. Brusoklar ishlov berilayotgan yuzaga 0,05-0,3MPa (0,5-30kg/sm2) bosimda bosiladi.
Ishlov berish oldingi ishlov berish qo‘yimi chegarasida amalga oshiriladi Ra 0,2-0,025mkm. Tayanch yuza 12-20%dan 80-90%gacha oshadi, deformatsiyalangan metall qalinligi 2-3mkm bo‘ladi. Superfinish silliqlash (shlifovkadan), nozik va boshqa ishlovdan keyin bajariladi.
Mikrofinishlashning superfinishlashdan farqi shundaki, yuzaga ishlov berish pritsizion bo‘lib, detalning o‘lchamini ham talab darajasidagi aniqlikga olib chiqadi. Bunga asosan ishlov berish jarayonida brusoklarning yuzaga yuqori bosimda ta’sir qilishi hisobiga erishiladi.
Polirovka xam detal yuzasini silliqlashda qo‘llaniladi. Erkin abraziv zarrachalar ishlov beriluvchi yuzaga yuborilib voylokdan tayyorlangan krug, fitr, qayish va boshqa materiallar bilan yuzaga bosiladi, natijada yuza g‘adir-budirlik darajasi Ra 0,016-0,32mkmga yetkaziladi.
Plastik deformatsiyalab ishlov berilganda detal yuzasidan material olib tashlanmaydi. Asosiy turlari kalibrlash, yuza ustidan, ichidan yurish, olmosli silliqlash, yuzani qizitib mustaxkamlash kiradi. Kalibrovkada dorn va shariklar yordamida yuzalarga ishlov beriladi. Plastik deformatsiyalab ishlov berish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganilayotgan fan bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda keng yoritilgan.

Nazorat savollari



  1. Ishlov berishning asosiy bosqichlari.

  2. Yarim toza ishlov berish nima?

  3. Toza ishlov berish nima?

  4. Nozik ishlov berishning qo‘llanilishi.

  5. Pardoz ishlov berishning o‘ziga xosligi.

  6. O‘tkir yuzli asboblar yordamida ishlov berish nima?

  7. Abraziv asboblar yordamida ishlov berish.

8. Yuza sifatini xarakterlovchi asosiy parametrlar
Yüklə 31,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin