Ferromagnit o‘zakli induktiv g‘altak almashlash sxemasi va vektor diagrammasi
Berk ferromagnit o‘zakka o‘ralgan g‘altakdagi elektromagnit jarayonni tahlil qilamiz (4 – rasm, a). G‘altakdan o‘tayotgan tok o‘zakda magnit oqimini hosil qiladi. Bu oqimning asosiy qismi berk ferromagnit o‘zak bo‘ylab birlashadi. Oqimning kamroq qismi g‘altak atrofidagi havo orqali sochilib tutashadi. Odatda, sochilgan magnit oqimi magnit oqimini bir necha foizini tashkil etadi. Ammo ferromagnit o‘zak to‘yinganda yoki havo oralig‘iga ega bo‘lganda oqimning ulushi keskin ortadi.
Agar induktiv g‘altak simining aktiv qarshiligi va sochilgan magnit oqimi hisobga olinmasa, u holda bo‘lganda g‘altakdagi o‘zinduksiya EYuK
8.2.3 – rasm
ifoda bilan aniqlanadi va bu EYuK manba kuchlanishiga teng, ya’ni:
Kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati:
Ideal induktiv g‘altak uchun vektor diagramma quramiz. Magnit oqimining kompleks amplitudasi berilgan deb hisoblaymiz (4 – rasm, b). Kuchlanish vektori vektordan 900 ga ilgarilaydi, o‘zinduksiya EYuK vektori kuchlanish vektoriga qiymat jihatdan teng, yo‘nalishi jihatdan esa qarama-qarshi bo‘ladi. Tok vektori vektoridan burchakka ilgarilaydi. Tok vektorini ikkita tashkil etuvchi aktiv va reaktiv toklar vektorlarining yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlaymiz, ya’ni:
Yuqoridagi tenglamaga 8.2.3 – rasm, v dagi almashlash sxemasi mos keladi. Bunda - po‘lat o‘zakdagi isroflarni tavsiflaydi. - tokning po‘lat o‘zakni magnitlanishini tavsiflovchi tashkil etuvchisi yoki ideal (isrofsiz) g‘altakdan o‘tadigan tok.
8.2.3 – rasm, v dagi sxemani boshqa almashlash sxemasiga o‘zgartirish mumkin (8.2.3 – rasm, g). Bu sxemada
8.2.3 – rasm, v va g larda keltirilgan sxemalardagi - po‘lat o‘zakdagi quvvat isrofini hisobga oluvchi qarshilik va o‘tkazuvchanlikning aktiv tashkil etuvchilari; - asosiy magnit oqimi hisobidan yuzaga keladigan yokiboshqacha qilib aytganda magnitlanish zanjiri qarshiligi va o‘tkazuvchanliklariningreaktiv tashkil etuvchilari.