8 Ma'ruza. Tarmoq bog'lanishlari: “Kliyent- server” dasturlash modeli. Reja



Yüklə 229,71 Kb.
səhifə2/9
tarix20.11.2023
ölçüsü229,71 Kb.
#162412
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Paketlar kommutasiyasi asosan, kompyuter trafigini uzatishga mo'ljallangan bo'lib, ma'lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon beradi.
Paketlar kommutasiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik qismlarga — paketlarga bo'linadi. Ma'lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi hisoblanadi. Katta hajmdagi habarlar kichik paketlarga bo'linishi tarmoqda ma'lumot uzatish tezligining keskin oshishiga olib keladi. Xabarlar turli uzunlikga ega bo'lishi mumkin — bir necha baytdan o'nlab megabaytgacha, paketlar esa o'zgaruvchan uzunlikka ega bo'lishlari mumkin.
Har bir paket kerakli tugunga etib borishi uchun adres axboroti belgilangan sarlavha qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo'lishi mumkin va quyidagilarni o'z tarkibiga olishi shart:

  • uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba manzili;

  • uzatilayotgan ma'lumotlar;

  • qAbul qiluvchining (destination) manzili;

  • tarmoq vositalariga ma'lumot uzatilishi lozim bo'lgan marshrut axboroti;

  • xabarni dastlabki ko'rinishda taqdim etuvchi axborot;

  • uzatish aniqligini ta'minlovchi xatoliklarni tekshirish axboroti.

Paketlar kommutasiyasida bir vaqtda uzatilayotgan ma'lumotlar hajmi nisbatan yuqori bo'ladi va uzatish tezligi oshadi.
Sarlavhalar uzatilishiga vaqt sarflanishi, har bir keyingi paketni uzatishga zarur bo'lgan vaqt, paket buferizasiyasi va kommutasiyasiga sarflangan vaqt tarmoqdan paketni umumiy uzatish vaqtiga ta'sir ko'rsatadi va to'sqinliklar manbai bo'ladi.
Paketli kommutasiyaning afzalliklari:

  • pulsasiyali trafikni uzatishda tarmoqning o'tkazish
    qobiliyatini oshirish imkoniyatini beradi;

  • foydalanuvchilararo trafik holatini inobatga olgan holda, tarmoq sharoitiga nisbatan fizikaviy kanallarning o'tkazish qobiliyatini taqsimlash imkoniyatini beradi.

Paketli kommutasiyaning kamchiliklari:
- kommutatorlarning buferlaridagi xalaqit tarmoq holatiga bog'liq bo'lganligi sababli foydalanuvchilararo uzatish tezligining noaniqligi;

  • ma'lumot paketlarining o'zgaruvchanligi;

  • buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma'lumot
    (paketlar) yo'qolishi.

Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo'llaniladi (Quality of Service QoS kabi). Bunday usullar qo'llanilishi sababli paketlar kommutasiyasi hozirgi kunda yuqori tezlikli tarmoqlarni tashkil etishda eng samarali deb tan olingan.
Paketli kommutasiya tarmoqlari ikki xil ishlash tartibiga ega: virtual kanallar tartibi (ulanish orqali aloqa) va deytagrammali tartib (ulanishsiz aloqa).

Yüklə 229,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin