Axborot tizimlarining ikki va uch satxli "klient-server" arxitekturasi "Klient-server" arxitekturasini amalga oshirish uchun odatda ko'p foydalanuvchi MBBT laridan foydalaniladi, masalan, Oracle yoki Microsoft SQL Server. Bunday MBBT lari sanoat MBBT lari deb ham ataladi, chunki bular korxona yoki tashkilotning ko'p foydalanuvchili axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
MBBT lari murakkat tizimlar hisoblanadi va yuqori quvvatli hisoblash texnikasini hamda mos xizmat ko'rsatishni talab qiladi.
Tizimga MB tizimi administratori deb yuritiladigan mutaxassislari (mutaxassislar guruhi) tomonidan xizmat ko'rsatiladi.
Uch satxli "klient-server" arxitekturasining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: amallarni bajarish bilan bog'liq server yuklamasining bir qismi dasturlar serveriga o'tkazilgan;
umumiy murojat kodlarining dasutrlar serveriga o'tkazilishi hisobiga klient dasturlari hajmi qisqardi;
barcha klientlar uchun bir xil munosabat o'rnatiladi;
klient dasturlari sozlashlarining sodalashishi – dasturlar serveridagi umumiy kodlarning o'zgarishi hisobiga avtomatik ravishda barcha klientlarning munosabati bir xilda o'zgaradi.
Shuni aytib o'tish kerakki, Mblarining lokal dasturlari bir satxli, Mblarining klient-server dasturlari esa ko'p satxli hisoblanadi.
"Klient-server" modeli: – fayl-server modeli (FileServer – FS);
– masofadan ma'lumotni boshqarish (RemoteDataAccess – RDA);
– ma'lumotlar bazasi serveri (DataBaseServer – DBS);
– server ilovalar modeli (ApplicationServer – AS).
Nazorat savollari Kommunikasiyalarni tushuntiring ?