Tarmoqni dasturlash jarayonlari uchun java.net paketi klasslaridan foydalaniladi. java.net paketi TCP va UDP protokollari klasslarini qo’llab quvvatlaydi. Tarmoqni dasturlashda klient va server soketlari loyihalangani sababli, soket dasturlash deb nomlanadi. Soket ikki xost o’rtasida ma’lumot uzatish uchun ishonchli bog’lanishdir. Soket asosan 4 xil vazifa uchun yaratiladi: xost bilan bog’lanish, ma’lumot uzatish va qabul qilish va aloqani tugatish.
socket (): soketni yaratish
bind(): port# va IP adres soketi bilan birlashtirish
listen(): aloqa o’rnatilishini passiv holatda eshitish
connect(): soket bilan bog’lash
accept(): yangi aloqani tasdiqlash
write(): soketga ma’lumot yozish
read(): soketdan ma’lumotni o’qib olish
sendto(): UDP soketga datagram jo’natish
recvfrom(): UDP soketdan datagramni o’qish
close(): soketni yopish