Grafik fayl \includegraphics buyrug'i bilan hujjat matniga kiritiladi:
\includegraphics{imagename}
Masalan, chick.png rasm quyidagicha kiritiladi:
\includegraphics{chick}
(.png grafik fayl kengaytmalari ro'yxatiga kiritilgan deb taxmin qilinadi). Natijada, quyidagi beriladi:
\includegraphics buyrug'i argumentlar ro'yxatiga ega bo'lishi mumkin:
\includegraphics [attr1 = val1, attr2 = val2, ..., attrn = valn] {imagename}
Mana ulardan ba'zilari:
Parametr
Tavsif
width = xx
Rasmning kengligini xx ga o'rnatadi
hight= xx
Rasm balandligini xx ga o'rnatadi (agar faqat kengligi yoki faqat balandligi ko'rsatilgan bo'lsa, u holda rasm mutanosib ravishda masshtablanadi)
scale= хх
Tasvir o'lchamlarini xx koefitsent bilan ko'paytiradi
angle = хх
Tasvirni xx daraja soat yo'nalishi bo'yicha buradi
Misollar:
\includegraphics[scale = 0.5] {chick}
\includegraphics[width=1.5cm] {chick}
O'lchamlarni ko'rsatish uchun hujjat o'zgaruvchilaridan foydalanish mumkin: satr kengligi \linewidth, sahifadagi matn kengligi \textwidth, sahifadagi matn balandligi \textheight va hk.: