Rasm va sarlavhani burish Ba'zan rasm juda keng bo'lib, sahifaga sig'maydi va uni sarlavxasi bilan birga burishingiz kerak bo'ladi
Buni amalga oshirishning eng oson yo'li, mening fikrimcha, rotating paketi va unda qo'llaniladigan sidewaysfigure muxitidir:
\begin{sidewaysfigure}
\centering\includegraphics[scale=1]{shirley}%
\caption{Bir, ikki, oldik va Shirlini suramiz!!}
\label{fig:fig1}
\end{sidewaysfigure}
90 daraja burilish sukut bo'yicha amalga oshiriladi (umuman, rotating ixtiyoriy burchakka burish uchun vositaga ega), shuningdek rasmni alohida sahifaga joylashtirish mumkin.
Rasmni alohida sahifaga joylashtirish mantiqan to'g'ri keladi, chunki u kengligi bo'yicha sahifaga to'g'ri kelmaydi, shunda balandlikda bo'sh joy kam bo'ladi. Ammo siz hali ham rasmni matn bilan birga joylashtirishingiz kerak bo'lsa, unda siz ikkita usuldan birini qo'llashingiz mumkin
hvfloat paketining \ hvFloat buyrug'I;
Yoki minipage va adjustbox muhitlari (xuddi shu nomdagi paket) bilan.
Hvfloat hvfloat paketining \hvFloat buyrug'idan foydalanish quyidagicha ko'rinadi:
\hvFloat [floatPos = ht, capWidth = h, capPos = r, capAngle = 90, objectAngle = 90, capVPos = c, objectPos=c]{figure}{\includegraphics[scale=.7]{shirley}}
{Bir, ikki, oldik va Shirlini suramiz!}{fig:fig2}
Sarlavha rasmning o'ng tomonida, vertikal markazlashtirilgan holda joylashgan, sarlavha kengligi rasmning kengligiga teng va rasmdan \ texttt {floatcapsep} sarlavhagacha bo'lgan masofa 5pt (sukut bo'yicha).
Oxirgi figurali qavslarda rasm uchun metka borligini unutmang - shuning uchun alohida \label buyrug'ini ishlatishingiz shart emas. Biroq, bu nuqtai nazardan, Texmaker fig:fig2 ni yorliq sifatida tan olmaydi. Arzimas narsa (ayniqsa Texmakerdan foydalanmaydiganlar uchun), ammo yoqimsiz.
Adjustbox va minipage adjustbox ni qo’llaganda \label ni qo’llamaslik mumkin emas (agar, albatta, rasmga sarlavha kerak bo’lsa):
\begin{figure}[ht]
\begin{adjustbox}{addcode={\begin{minipage}{\width}}{\caption{%Bir, ikki, oldik va Shirlini suramiz!}
\end{minipage}}, rotate=90,center}
\includegraphics[scale=.7] {Shirley1}%
\end{adjustbox}
\label{fig:fig3}
\end{figure}
Sarlavha kengligi (yoki rasmni aylantirgandan keyin balandlik)kengligi \width ga teng bo'lgan minipage boshqaradi.