8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja



Yüklə 313,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix10.06.2023
ölçüsü313,08 Kb.
#128044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma’ruza xorij ta\'lim tajribasida differensial, integrativ va

Chilida ta'lim intizomi (Florens Torch, Alexandro Mizala). Chili ta'lim 
tizimining o‘ziga xos tashkiliy tuzilmasi mavjud. Chili ta'lim tizimida 1981 yilda 
tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi, ya'ni hukumatning markazlashgan nazorati 
ostida bo‘lgan ta'lim tizimi mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadigan 
universal vaucher tizimiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda, ta'lim muassasalari ijtimoiy-
iqtisodiy qatlamlarga bo‘lingan. Bular kambag‘allar o‘qiydigan davlat maktablari, 
o‘rta qatlam tahsil oladigan vaucherli davlat maktablari va boylar o‘qiydigan xususiy 
ta'lim dargohlaridan iborat. Chilida talabalar orasidagi zo‘ravonlik indeksining yuqori 
darajada bo‘lishi, Chili maktablarida keng tarqalgan bezorilikning natijasi bo‘lishi 
mumkin. Chili maktablari keskin tabaqalashuvi bilan farqlansa-da, boylar tahsil 
oladigan maktablardagi tartib quyiroq maktablarga nisbatan unchalik ham farq 
qilmaydi. O‘z navbatida, qishloqdagi tartibsizlik ko‘rsatkichi shaharga nisbatan ancha 
kamdir (Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School 
Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 74-80).



Isroilda ta'lim intizomi va yutuqlar (Yossi Shavit, Karmel Blank). Isroil 
ta'limidagi intizomiy iqlim va talabalarning yutuqlari orasidagi kuchli va muhim 
bog‘liqlik mavjud. Test natijalari rahbarlarning talabalarning mashg‘ulligi yuzasidan 
qilgan hisobotlari va o‘qituvchilarning sinf intizomi hisobotinig salbiy bog‘liqligini 
ko‘rsatadi. Talabalar orasidagi va talabalar tomonidan o‘qituvchilarga nisbatan amalga 
oshirilgan zo‘ravonlik ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘p 
yoritilib kelinmoqda. Isroil talabalari itoatkorlik va ehtirom borasida aralash 
ma'lumotlarni qabul qiladilar. Maktablarda, Isroillik talabalar ayni hisobotda ham 
intizomi uchun, ham fanlari uchun baholanadi. O‘z navbatida intizom bahosi qoniqarli 
ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, talabalar safidan chiqarilishi mumkin. Boshqa tarafdan, 
isroilliklar mustaqil va jasurlikni qadrlaydigan sabrli yoshlar madaniyatiga juda katta 
ahamiyat beradilar (Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: 
School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 
104-107).

Yüklə 313,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin