Asosiy tushuncha va iboralar
Nobozor iqtisodiy g'oyalar; assosiasiya; yacheyka; falanga; xaos; pamflet; xartiya; chortizm; Marksning qo'shimcha qiymat nazariyasi; kapitalizmning taqdiri; asosiy aylanma kapital; kapitalning organik tuzilishi; aholining absolyut va nisbiy qashshoqlashuvi; kapitalizmning o'limi haqidagi g'oyalarning asossizligi; monopolistik kapitalizm; «sosiolistik» deb atalgan g'oyaning tarixiy taqdiri.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Xayoliy sosializm vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.
2. Xayoliy sosializmning haqiqiy rivojlanish davri qaysi davrga to'g'ri keladi?
3. Xayoliy sosialistlar adolatli jamiyatga o'tish yo'llarini qanday ko'rsatdilar?
4. Sen-Simonning iqtisodiy qarashlari haqida nimalarni bilasiz?
5. Sen-Simonning qanday asarlarini bilasiz?
6. Sen-Simon fransuz ma'rifatparvarlaridan nimasi bilan farq qiladi?
7. Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi qanday edi?
8. Sen-Simon o'z asarlarida nimani tanqid qildi?
9. Sh.Furening iqtisodiy qarashlari haqida nimalarni bilasiz?
10. Sh.Fure qaysi davrda yashadi va ijod etdi?
11. Sh.Furening qanday asarlarini bilasiz va u bu asarlarida nimalarga e'tibor berdi?
12. Sen-Simon va Sh.Furening iqtisodiy g'oyalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
13. R.Ouenning iqtisodiq konsepsiyasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
14. R.Ouenning qanday asarlarini bilasiz?
15. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyatlari nimalardan iborat? 16. Sosialist-rikardochilar (J.Grey, T.Godskin, J.Brey)ning iqtisodiy qarashlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
17. Sosialist-rikardochilarning namoyandalari yashagan davrning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari.
18. Sosialist-rikardochilarning qanday asarlarini bilasiz va ular bu asarlarda qanday g'oyalarni ilgari surdilar?
19. Sosialist-rikardochilar qanday iqtisodiy masalalarga ahamiyat berdilar?
20. Iqtisodiy ta'limotlar tarixida sosialist-rikardochilarning tutgan o'rni va ahamiyati.
21. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari nimalardan iborat?
22. K.Marks va F.Engels iqtisodiy ta'limotining asosini nimalar tashkil etadi? Qo'shimcha qiymat nazariyasi nima?
23. Ishchilar sinfining absolyut va nisbiy qashshoqlanishi deganda nima tushuniladi?
24. Kapitalizm tuzumining o'tkinchi ekanligi nima bilan isbotlanadi?
Dostları ilə paylaş: |