Bahoiylikda ruhoniylar yo’q. Mahalliy jamoalami yilda bir
marotaba 21 aprel kuni yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadigan 9
kishidan iborat Mahalliy diniy majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik
jamoasi mavjud bo ’lgan har bir davlatda M illiy diniy majlis saylanadi.
O ’z navbatida M illiy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat bo’lgan
Umumjahon Adolat Uyi a ’zolarini saylaydilar. Har besh yilda
saylanadigan
Umumjahon
Adolat
Uyi
umumjahon
bahoiylar
jamiyatining faoliyatini boshqarib boradi.
Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat b o ’lgan diniy
taqvim qabul qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha a ’zolari ibodat
qilish, jamoa bilan bog’liq ishlami muhokama qilish, o ’zaro birodarlik
aloqalarini mustahkamlash uchun yig’iladilar.
Kuniga uch marta Isroilning Akka shahriga qarab ibodat qilinadi.
Umumiy ibodat duo o ’qish, meditatsiya hamda bahoiylikning asosiy
kitoblari va jahon dinlari muqaddas kitoblaridan matnlar o ’qish orqali
amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 20 martgacha bahoiylar kun
chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan o ’zlarini tiyib, ro ’za
tutadilar.
Bahoiylaming muqaddas ibodatxonasi Akka shahrida joylashgan.
Xayfa shahri muqaddas shahar hisoblanib, dunyo bahoiylarining
ziyoratgohi hisoblanadi. Bu erda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda
bahoiylikning rahbarlik organi sifatida tashkil etilgan Umumjahon
Adolat Uyining qarorgohi joylashgan.
Dostları ilə paylaş: