8-mavzu: Frezalash stanoklari (M illing machine) Reja



Yüklə 354,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix05.10.2023
ölçüsü354,72 Kb.
#152433
  1   2   3   4   5   6
8 Lecturre



8-MAVZU: Frezalash stanoklari 
(M
illing machine)
 
Reja: 
1.
Frezalash stanoklari haqida umumiy tushunchalar, stanoklarning asosiy tiplari. 
2.
Konsolli-frezalash stanoklari. 
3.
Konsolsiz, bo'ylama-frezalash va to'xtovsiz harakatdagi frezalash stanoklari. 
4.
Shponka frezalash stanoklari. Kopirli frezalash stanoklari haqida tushunchalar 
 
Tayanch so'z va iboralar:
1. Frezalash stanoklari guruhi. 2. Konsolli-frezalash 
stanoklari. 3. Konsolsiz-frezalash stanoklari. 4. Bo'ylama-frezalash stanoklari. 5. 
Karusel-frezalash stanoklari. 6. Barabanli frezalash stanoklari. 7. Shponka frezalash 
stanogi. 8. Kopirli frezalash stanoklari. 
8.1. Frezalash stanoklari haqida umumiy tushunchalar 
Frezalash guruhi stanoklari Mashinasozlik zavodlarida keng qo'llaniladi. Frezalash 
stanoklarida gorizontal, vertikal va qiya yassi, shakldor yuzalarni shakllantirish, to'g’ri 
va vintsimon ariqchalar va pazlar ochish, kopirlash usuli bo'yicha g’ildiraklarda tishlar 
kesish, tashqi va ichki rezbalar ochish kabi ishlar bajariladi. Zagotovkalar yuzalarini 
frezalash texnologik usuli ko'p tig’li kesuvchi asbob - frezaning aylanma harakati va 
zagotovkaning ilgarilama surish harakati bilan xarakterlanadi. Frezalash guruhi 
stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi (5.1-jadval): 
5.1-jadval 
Tiplar 
Stanoklarning nomlari 
Modellariga misollar 

Rezerv 


Konsolli vertikal-frezalash 
6M11K,6R11FZ 

To'xtovsiz harakatdagi frezalash 
621 

Bir stoykali bo'ylama frezalash 


Kopirlash va gravirlash 
641,6B443,LR397FZ 

Konsolsiz vertikal-frezalash 
6A59, 6520RFZ 

Ikki stoykali bo'ylama frezalash 
6682,6M6YuF11 

Keng universal frezalash 
675V,6B76PF2 

Konsolli vertikal-frezalash 
6T80Sh,6T82 

Har xil frezalash 
6D92,695 
Hozirgi zamon frezalash stanoklarida bir qator ilg`or konstruktiv yechimlar o'z 
aksini topgan: bosh harakat va surish harakati alohida yuritmalarga ega (ajratilgan), 
ishchi stolining barcha yo'nalishlar bo'yicha tezkor harakatlantiruvchi mexanizmlarning 
mavjudligi, surish harakatini boshqarish bir dastak orqali amalga oshiriladi. Stanoklarda 
uzellar va detallar keng unifikatsiya qilingan. 
Frezalash stanoklarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: universal va 


ixtisoslashtirilgan stanoklar. 
Universal stanoklarning asosiy parametri sifatida zagotovka o'rnatiladigan stol ish 
yuzasining o'lchamlari (B*L) ko'rsatiladi. 
Frezalash stanoklarida bajarilishi mumkin bo'lgan ishlarning keng doirasi ulardan 
avtomobillar va yo'l qurilishi mashinalarini ta'mirlash korxonalarida keng foydalanish 
imkonini beradi. 

Yüklə 354,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin